Kontent qismiga oʻtish

Telefoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Telefoniya — telefon aloqaga doir omillarni oʻrganish va bunday aloqani amalga oshirish uchun moʻljalangan apparatlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi fan va texnika sohasi. Ilmiy-texnik fan sifatida T. tovush maydoni xossalarini oʻrganish; tovush oʻzgartirgichlar va telefon apparatlarini hisoblash va loyihalash; koʻp kanalli telefon aloqa texnika vositalarini ishlab chiqish; telefon apparatlari va telefon aloka traktlari orqali uzatilayotgan tovush sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqish; telefon styalarining kommutatsiya va boshkarish apparatlarini hisoblash va loyihalash; telefon tarmoqlarini loyihalash; kommutatsiya apparaturasining ishini nazorat qilish va ishonchligi (puxtaligi) ni oshirish usullarini ishlab chiqish va boshqa masalalar bilan shugullanadi. T.ning asosiy vazifalaridan biri telefon alokaning yangi zamonaviy tizimlari va apparatlarini ishlab chiqish va amalda joriy qilishdan iborat. Bunda elektronika va elektron texnika yutuqlaridan foydalaniladi. Telegraf aloqaning yangi zamonaviy samarador texnikaviy vositalari — kvazielektron va elektron kommutatsiya vositalari, uyali va raqamli, oʻzi javob beruvchi va qayd qiluvchi telefon apparatlarini yaratishda T. muhim ahamiyat kasb etadi.