Telegraf apparati
Telegraf apparati - telegraf aloqa oʻrnatishda elektr qurilma signallarini uzatish va qabul qilish uchun moʻljallangan qurilma. Birinchi elektromagnit Telegraf apparati rus olimi P. L. Shilling tomonidan ixtiro qilingan (1832) va amalda ishlatilgan. Dastlabki elektromagnit apparatlarda xabarlar siniq chiziklar koʻrinishida (qayd qiluvchi Telegraf apparati) yoki nuqtachiziqlar koʻrinishida (qayd qiluvchi Telegraf apparati) yoki nuqta va tirelar orqali (qarang Morze apparati) uzatilgan va yozib olingan. 20-asr oʻrtalarigacha elektromexanik Telegraf apparati ishlatilgan, 70y.lardan boshlab elektronmexanik Telegraf apparatidan foydalanildi, keyinchalik toʻliq elektron Telegraf apparati va fototelegraf apparat (faksimil apparat) paydo boʻldi.
Telegraf apparati uzatkich, qabul qilgich va tok manbaidan iborat. Telegraf apparatiga xabarlarni avtomatik uzatish va qabul qilish qurilmalari ham oʻrnatish mumkin. Qoʻzgʻalmas yassi tasvirlar (matn yoki jadval, sxema, grafika, fotosurat va boshqalar) faksimil apparat orqali uzatiladi (qarang Faksimil aloqa).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |