Kontent qismiga oʻtish

Telegraf tarmogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Telegraf tarmogʻi - oxirgi (abonent) punktlardagi telegraf qurilmalari (telegraf apparatlari), telegraf styalari hamda bu punktlar va styalarni birlashtiruvchi telegraf aloqa kanallari majmui. Telegraf tarmogʻi kanallari boʻyicha telegraf aloqa amalga oshiriladi. Telegraf tarmogʻining ichki (bir mamlakat hududida) va xalqaro (teleks); kommutatsiyalanuvchi (qarang Kommutatsiya) va kommutatsiyalanmaydigan (doimiy biriktirilgan); umumiy foydalanilgan (u boʻyicha telegrammalar uzatiladi); abonent telegraflash; idoraga tegishli (mas., temir yoʻl transporti, fukaro aviatsiyasi va boshqalar); faksimil aloka (fototelegraf) turlari bor. Telegraf tarmogʻi magistral tarmoqlar (mamlakatlar, oʻlkalar va viloyatlararo aloqa uzellari), hududiy yoki viloyatlararo (viloyatlar yoki tumanlar aloqa uzellari orasidagi) va mahalliy (oxirgi punktlar orasidagi) tarmoklarga boʻlinadi. Har qaysi hududda bosh (asosiy) uzel, viloyat va tuman aloka uzellari boʻladi. Telegraf tarmogʻi mamlakat yagona avtomatlashtirilgan aloqa tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.