Telesyujet
Telesyujet (SYUJET (frans. - predmet, mazmun, narsa) - badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan o`zaro bog`liqlikda kechadigan, qahramonlar o`rtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi[1]) - televizoin asarlarning mazmuni va ketma-ketligini aks ettiruvchi tartib.
Syujet formulasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Syujet = 1 voqea = 1 axboriy sabab = 1 tarix = 1 hissiyot = 1 fikr. Agar punktlarda ko'rsatilgan tenglik buzilsa, televizion syujet samarasi past bo'ladi. Albatta, bunday formulani tahliliy koʻrsatuvlarga joriy etib bo'lmaydi. Baʼzida yangilik mohiyatini bitta jumla orqali ham ifodalash mumkin[2].
Syujet dramaturgik kompozitsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tafsilotlarning rivojlanish tamoyillari: ekspozitsiya - muqaddima - holatning rivoji - kulminatsiya[3] - holatning keyingi rivoji - xotima.
- Ekspozitsiya - nima, qayerda, qachon, kim bilan sodir boldi.
- Muqaddima - qahramon va antiqahramonlar toʻqnashuvini tasvirlab berish, ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini ko'rsatish.
- Rivoji - yangidan-yangi dalillarning taqdim etilishi tufayli tomoshabin qahramonlar tomonida turib hayajonlanishni boshlaydi.
- Kulminatsiya - bu bosqichda hali hech qayerda eʼlon qilinmagan dalillarning jurnalist tomonidan taqdim etilishi bilan tomoshabinda yuqori taʼsir hissiyoti paydo bo'ladi.
- Xotima - bunda ziddiyatlar yakuni hamda xulosalar taqdim etiladi.
Telesyujet matnining oʻziga xos xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xolislik
- Voqeaning dolzarbligi
- G'oyatda tushunarliligi
- Mantiqiy bayon qilish
Teleyangiliklarning odatdagi syujetlar dramaturgiyasidan farqi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Repartyor ziddiyatlarning qatnashchisi bo'lib, jarayonga bevosita guvoh bo'ladi. Efirda to'g'ridan-to'g'ri shaxsiy fikrini bildirmasligi, voqeani baholovchi so'zlardan foydalanmasligi, tomoshabinga dalillar yordamida oʻzaro zid qoʻyilgan ikki tomonning ijobiy va salbiy tomonlarini tushuntirib berishi lozim.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „SYUJET“. elib.buxdu.uz. Buxora davlat universiteti kutubxonasi. 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.
- ↑ Audiojurnalistika 6-jild. "O`zbekiston nashryot matbaa ijodiy uyi", 28.12.2019 — 432-bet.
- ↑ „kulminatsiya“. wiktionary. Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.