Televizion jurnalistika janrlari
Televizion jurnalistika janrlari (“Janr” so‘zi yunoncha “genos” va lotincha “genus” (tur) so‘zlaridan kelib chiqqan; fransuz tilidan - jins, mehribon, odat, ta'm degan ma'noni anglatadi[[1]])- jurnalistika sohasining televideniye orqali uzatishga mo`ljallangan material tayyorlash usullari.
Tasniflanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Televizion jurnalistika janrlari asosan 3 turkumga bo`lib o`rganiladi. Bularning dastlabkisi axborot janrlari hisoblanadi.[1] Keyingi ikkitasi tahliliy va badiiy-publisistik janrlardir.
Axborot janrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- xabar
- hisobot
- reportaj
- intervyu
Taxliliy janrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- sharh va obzor
- bahs-munozara
- tok-shou
- korrespondensiya
- matbuot anjumani
- brifing
- maqola
Badiiy-publisistik janrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- badiiy-publisistik lavha
- satirik janrlar
- ocherk
- doston va terma
- taqriz
- hujjatli film
Televidenie paydo bo‘lishi bilanoq o‘ziga xos janr yo‘nalishiga ega bo‘la boshladi. Undagi asosiy maqsad ommaga axborot yetkazish va ta’sirlantirish edi. Vaqt o‘tishi bilan televizion janrlar ko‘payadi va bir necha turga bo‘linadi. Ularning ichidan asosan ikki yo‘nalishi ustunlik qiladi. Ular: 1) Informatsion – ommaviy, 2) Badiiy – ommaviy (o‘yinli sahnalar) janrlaridir.
Birinchi yo‘nalish o‘zining ichiga: reportaj, intervyu, suxbat, baxs-munozara, sharx, press-konferensiya kabilarni jamlaydi. Ikkinchi yo‘nalishda xujjatli film, videofilm, ocherklar, portretlar jamlanadi.
Zamonaviy televideniening janrlari rivoji jurnalistika sohasi bilan chambarchas bog‘liq. Jurnalistlar voqea mazmunini ochib berishda va yetkazishda uch faktordan foydalanishadi. Ular: 1) Faktlar bilan xabardor qilish. 2) Fakt va voqealarni izohlash, talqin etish. 3) Ammaviy tarzda faktlarni izohlash va yechim izlash.
Ushbu uch xildagi ifodalash usuli o‘z navbatida yana uch janr yo‘nalishiga murojat qiladi. Ular: 1) Informatsion (reportaj, intervyu) 2) Analitik (suhbat, obzor) 3) Xujjatli-badiiy (ocherk, xujjatli film)
Informatsion janrlar: Xabar – axborot, yangiliklar, davr kabi ko‘rsatuvlar. Ularda qisqacha kunning yangiliklari bayon etiladi. Bunda faqat so‘z orqali va so‘z bilan kadr orqali ifodalanadi. Intervyu – jurnalistning ma’lum bir inson bilan savol javob qilishi. Voqeaga, faktlarga shu orqali izoh beriladi. Reportaj – voqea joyidan tezkor holatdagi tanishtiruv. Reportaj muommoli mavzuga atalgan bo‘lishi ham mumkin, bunda bugungi voqeaga yoki bo‘lib o‘tgan voqeaga dahli bo‘lmasligi mumkin[2].
Boshqa tasniflash turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lev Kroichik, Semyon Gurevich va boshqalar kabi tadqiqotchilar tomonidan taklif qilingan boshqa tasniflash turlari mavjud. Birinchisiga ko'ra, jurnalistika janrlarini tezkor xabarlar (barcha turdagi eslatmalar), tadqiqot va yangiliklar (sharhlar, yozishmalar va sharhlar), tezkor tadqiqot (ma'ruzalar, reportajlar, intervyular), tadqiqot va obrazli (felyeton va ocherklar)ga bo'lish kerak. ), shuningdek, faqat tadqiqot (maqolalar va xatlar). Va Gurevichning fikriga ko'ra, publitsistik janrlar axborot-axborot, dialogik, epistolyar, situatsion-tahliliy, satirik va badiiy-publisistik janrlarga bo'linadi. Ko'rib turganingizdek, Gurevichning tasnifi 3 asosiy janrga bo'lingan asosiyga yaqinroqdir[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O'zbekiston televideniyasi birinchi marta A.Karimov tadqiqotida o'rganilgan. Olim uning tarixi va ayrim janrlarni tahlil qilgan. Bevosita televideniyaga bag'ishlangan ikkinchi ish Sh.Ibragimov ning dissertatsiyasidir [4].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ audiovizual jurnalistika 6-jild. "O`zbekiston nashriyot matbaa uyi", 28.12.2019 — 432-bet.
- ↑ „tv senariy. Teledasturlarning asosiy ja’nrlari. Reja: zamonaviy tvda janrlar yo’nalishi. Teledasturlar scenariysi tuzilishi“. hozir.uz 5. Hozir uz (2022-yil 26-iyun). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ „JURNALISTIKA JANRLARI. ZAMONAVIY JURNALISTIKA“. kidsplaneta.ru. kidsplaneta. Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Allambergenova, Perxan. Jurnalistika janrlari. "Yangi asr avlodi", 28.08.2011 — 118-bet.