Kontent qismiga oʻtish

Telluridlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Telluridlar — tellurning elektr musbat elementlar, asosan, metallar bilan hosil qilgan birikmalari, tellurid kislota N2Te tuzlari. T. sulfidlar va selenidlarga oʻxshash boʻlib, tuzilishi va xossalari jihatidan ularga yaqin. T. komponentlarini inert muhitda bevosita eritib va boshqa usullarda olinadi. T. televizor trubkalari, dozimetrlar, nurlanish hisoblagichlari, magnit asboblari, termogeneratorlar va boshqa da ishlatiladi.

Tabiiy T. — minerallar; tellurning ogir metallar (Bi, Au, Ag, Pd, Si, Sb, Pt va boshqalar) bilan hosil qilgan tabiiy birikmalari. Tabiiy T. murakkab, nostexeometrik tarkibli. Metalldek yaltiroq, elektr oʻtkazuvchan; qattiqligi 2—3, zichligi 6—7 g/sm2.

Tabiiy T.ning 40 ga yaqin turi maʼlum. Asosiy minerallari: altait, tellurovismutit, tetradimit, kalaverit, gessit, moncheit, kotulskit, merenskit. Tabiiy T. kolchedan, misnikel, mismolibden, polimetall konlarida uchraydi. Tabiiy T.dan asl metallar (Ai, Ag, Pt, Pd) va tellur ajratib olinadi.