Temir yoʻlchilar mahallasi (Sergeli tumani)
Temir yoʻlchilar mahallasi (Birliq koʻchasi 1) — Sergeli tumanidagi mahalla. Toshkent viloyati Zangiota tumanida 1996 yil tashkil topgan. „Navroʻz“, „Nilufar“, „Ittifok“, Bobur, Amir Temur mahallalari bilan chegaradosh. Mahalladagi „Oʻzgarish“ dahasida joylashgan 3 ta koʻp qavatli uylarni Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi oʻz ishchi-xizmatchilariga qurib topshirgani va ularda asosan temir yoʻli ishchilari yashayotganligi uchun „Temir yoʻlchi“ deb nomlangan. Aholisi 6750 kishi. 10 ta koʻp qavatli uyda — 963 ta oila, yakka tartibdagi uylarda 504 oila istiqomat qiladi (2008). Mahalla aholisining asosiy qismini oʻzbeklar, ruslar, qozoqlar va tatarlar tashkil qiladi. Mahalla hududida, oziq-ovqat doʻkoni, mahsulotlari doʻkoni, 2 ta kafe, 3 novvoyxona mavjud. Mahallada 2 ta koreys ibodatxonasi faoliyat yuritib kelmoqda[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.