Kontent qismiga oʻtish

Temirchi (shaharcha)

Koordinatalari: 39°02′20″N 66°58′27″E / 39.03889°N 66.97417°E / 39.03889; 66.97417
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Temirchi
ruscha: Темирчи
Shaharcha
39°02′20″N 66°58′27″E / 39.03889°N 66.97417°E / 39.03889; 66.97417
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Shahrisabz tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Temirchi ruscha: Темирчи xaritada
Temirchi ruscha: Темирчи
Temirchi
ruscha: Темирчи

Temirchi (ruscha: Темирчи) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi temir soʻzi va -chi qoʻshimchasining birikishidan tarkib topgan. Temirchi bu ayni temir va shu singari ogʻir metallarni olovda eritib, ulardan uy-roʻzgʻor buyumlarini tayyorlovchi kasb-hunar vakili hisoblanadi. Ish, hunar turini bildiruvchi mazkur soʻz keyinchalik laqabga ham aylanib ketgan, Shu asnoda qishloq nomi vujudga keladi.

Shunga koʻra temirchi bu temirchilik kasbi bilan shugʻullanuvchi usta hunarmandlar istiqomat qiluvchi qishloq hisoblanadi[2].

Temirchi shaharchasi Qashqadaryo viloyati Shaharisabz tumanining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Shaharchadan tuman markazi Shaharisabz shahrigacha boʻlgan masofa 21 km ni tashkil etadi. Shahrisabz aeroportigacha boʻlgan masofa esa 22 km ga teng.

Shaharcha hududidagi asosiy mahalla bu Temirchi MFY dir. Temirchi shaharchasida 30-sonli maktab va bitta qabriston bor. Shahar hududidan Chorshanba kanali oqib oʻtadi.

temirchi shaharchasiga eng yaqin aholi yashash punktlari: Shonshanba (gʻarb), Chiroqi (shimol), Shakarteli va Soyboʻyi (sharq), Zachkana va Qutchi (janub) shaharchalaridir.

1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha, Temirchi shaharchasida 3.2 ming tadan ortiq aholi yashagan. 2013-yilda bu koʻrsatkich qariyb 2980 nafarni tashkil etgan[3].

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa-da, shaharchada koreys, tojik, qozoq, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Temirchi shaharchasining iqlimi kontinental boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,5° C ga teng. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 0,6° C, eng past harorati —20° C. Iyul oyining oʻrtacha harorati 21° C, eng yuqori harorati 40° C.

Yogʻin miqdori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharchaga yillik 540 mm miqdorida yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 210 kunga teng.

Shaharcha hududida boʻz, jigarrang va qoʻngʻir togʻ oʻrmon tuproqlari keng tarqalgan.

  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 243-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 155-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.