Temur Mirokilov
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Temur Mirokilov | |
---|---|
Tavalludi |
15-avgust, 1919-yil Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
22-mart, 1995-yil Dushanbe, Tojikiston |
Fuqaroligi | SSSR→ Tojikiston |
Temur Mirokilov (1919-yil 15-avgust, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 1995-yil 22-mart, Dushanbe, Tojikiston) – iqtisodiyot fanlar doktori, professor, Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temur Mirokilov 1919-yil 15-avgust kuni Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻzi tugʻilgan qishloqda oʻrta taʼlimni olgach, Dushanbe davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. Ushbu oliygohni 1952-yil muvaffaqiyatli tamomlaydi. Shundan soʻng, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot institutining iqtisod kafedrasida assistent boʻlib ishlaydi. Temur Mirokilov 1954-yildan 1956-yilgacha Moskvada joylashgan SSSR Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot institutining aspirantura bosqichida tahsil oldi. U Tojikiston davlat universitetida 1957-yildan 1959-yilgacha katta oʻqituvchi, 1959-yildan 1964-yilgacha kafedra dotsenti, 1964-yildan 1992-yilgacha „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritdi. Temur Mirokilov 1993-yildan umrining oxirigacha Tojikiston davlat agrar univeristetida kafedra rahbari hamda professori boʻlgan. Sirojiddin Nuriddinov Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning turli yoʻnalishlarida izlanishlab olib bordi. Ilmiy izlanishlarining asosiy maqsadi iqtisodiyot, sanoat va qishloq xoʻjaligini umumalashtirgan holda yaxlit tizimni ishlab chiqish edi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoni bilan 1989-yil taqdirlangan.
- „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlangan.