Temur Yusupov
Qiyofa
Temur Yusupov— 1895-yili tug‘ilgan, Urgut rayoni Urgut shahridan, o‘zbek, 1932-yili quloqqa tortilgan, o‘sha yili qatiy majburiyatni bajarmagani uchun 3 yil qamoqqa hukm etilgan, hibsga olinganida imomlik qilgan. Atrofiga ruhoniylarni to‘plab doimiy ravishda aksilinqilobiy, isyonchi targ‘ibot olib borgan, sovet hokimiyati to‘g‘risida bo‘htonlar tarqatgan, kolxozchilarni sovet hokimiyati bilan kurashishga chaqirgan, bo‘lajak urushda sovet hokimiyati mag‘lubiyatga uchraydi, deganlikda ayblanib otuvga hukm qilingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 142-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.