Temur tasmaqanoti
Temur tasmaqanoti | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Boʻgʻimoyoqlilar |
Sinf: | Hasharotlar |
Oila: | Erebidae |
Urugʻ: | Catocala |
Turlari: | Temur tasmaqanoti |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Catocala timur A. Bang-Haas 1907 |
Temur tasmaqanoti[1] (lat. Catocala timur) — Erebidae oilasiga mansub tungi kapalak. Qanot kengligi taxminan 40 mm.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tur quyidagi mamlakatlarda yashaydi: Oʻzbekiston (Zarafshon daryosining quyi oqimi), Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy (Sinszyan). Temur tasmaqanoti (Catocala timur richteri) kichik turi Eronda yashaydi.
Yashash joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻrangʻi toʻqay oʻrmonlarida, pasttekislik daryolari boʻyidagi toʻqaylarda yashaydi[1].
Hayot tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yilda 1 marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi– iyun-iyulda, kechasi va tunlari faol. Kapalakda juftlashish sodir boʻlgach,urgʻochisi tunda tuxum qoʻyadi. Qurtlari aprelda toʻrangʻida (Populus pruinosa) rivojlanadi, katta yoshdagilari qishlaydi va kelgusi yilning aprelida qoʻshimcha oziqlanadi. Toʻrangʻining koʻchgan poʻstlogʻi ostida yumshoq pilla ichida gʻumbakka aylanadi[1].
Kichik turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Katokala timur timur (Kaspiy orti hududi)
- Catocala timur richteri (Janubiy Eron)
Soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hamma joyda kam va muntazam ravishda kamayib bormoqda. Oʻzbekistonda kam topilmalar orqali ma’lum.
Muhofaza etish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tur Oʻzbekiston Qizil kitobiga zaif, kamayib borayotgan, mahalliy sharoitda tarqalgan tur sifatida kiritilgan.
Cheklovchi omillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xoʻjalik faoliyati oqibatida toʻqaylarning kesib tashlanishi.
Muhofaza choralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yashash joylari va sonini mukammal oʻrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.