Kontent qismiga oʻtish

Temurjon Nosirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Temurjon Nosirov
Tavalludi 25-iyun 1941-yil
Zangiota tumani, Toshkent
Vafoti 12-noyabr 2024-yil(2024-11-12)
(83 yoshda)
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston

Temurjon Xayrullayevich Nosirov (1941-yil 25-iyun, Toshkent viloyati, Zangiota tumani[1] – 2024-yil 12-noyabr[2] Oʻzbekiston) – energetik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Texnika fanlari doktori (1989), professor (1990), Toshkent politexnika institutini tugatgan (1963). Shu institutda dotsent, professor (1963 —95); „Elektr stansiyalari“ kafedrasining mudiri (1980-95), 1995-yildan „Oʻzbekiston energomarkazi“ning bosh direktori, ToshTU energetika fakulteti professor, „Elektroenergetika“ yoʻnalishining ilmiy rahbari. Ilmiy ishlari elektroenergetika tizimlarning turli rejimlari tahlili uchun nazariy umumlashtirilgan modellari va algoritmlariga hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga bagʻishlangan.

Nosirov 2024-yil 12-noyabr kuni 83 yoshida vafot etgan[3][4][5].

  1. „Академик Темуржон Носиров“ (uza.uz). 2024-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-noyabr.
  2. „Академик Темуржон Носиров вафот этди“ (platina.uz). 2024-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-noyabr.
  3. „Akademik Temurjon Nosirov 83 yoshida vafot etdi“ (daryo.uz). 2024-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-noyabr.
  4. „Akademik Temurjon Nosirov vafot etdi“ (qalampir.uz). 2024-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-noyabr.
  5. „Akademik Temurjon Nosirov 83 yoshida vafot etdi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2-dekabr.
  • Lineynie raschetnie modeli setey elektricheskix sistem, T., 1982; Osnovi teorii i rascheta ustanovivshixsya rejimov elektricheskix sistem, T., 1985; Ustanovivshiyesya rejimi elektroenergeticheskix sistem i ix optimizatsiya, T., 1999.