Temurnoma
„Temurnoma“ – Mullo Salohiddin Toshkandiy qalamiga mansub asar.
Ushbu asar milodiy 1908-yil (hijriy 1327-yil)da nashr etilgan. Asar Amir Temurning butun hayotini ifodalagan. Amir Temurning bolaligidan tortib, Markaziy Osiyoni moʻgʻullar zulmidan ozod qilishi, Dashti qipchoq, rus yerlari, Ural sari qilingan yurishlar, Eron, Turkiya, Shom va Iroq, Hindistonga qoʻshin tortishlar, Boyazid Yildirim bilan boʻlgan janglar, ular bilan bogʻliq sarguzashtlari qiziqarli tarzda hikoya qilingan. „Temurnoma“ ilmiy yoinki tarixiy asar emas. „Temurnoma“ – eng avvalo badiiy asar. Badiiy asar boʻlganda ham bir necha tildagi manbalar asosida bitilgan. Shu bois asarni tarjima deb atash faqat bir taraflama boʻlib qoladi. Shu bilan birga asardagi voqea-hodisalarni dalillashda tarixiy manbalarga murojaat etilgan oʻrinlar koʻp. Bu hol asarda toʻliq aksini topgan. Ana shularga asoslanib „Temurnoma“ni bir nechta tarixiy-badiiy asarlarni umumlashtirgan yangi asar deyish mumkin. Amir Temur shaxsini yoʻltoʻsar, qaroqchi deguvchi olimlar ham topiladi va bunday kitoblar ham talaygina. Salohiddin Toshkandiyning „Temurnoma“ asari esa aynan ularning daʼvolarini inkor etish uchun yozilgandek. Vaxolanki kitob „oktyabr“ inqilobidan roppa-rosa toʻqqiz yil oldin nashr etilgan. „Temurnoma“ koʻp jihatdan ayniqsa, qamrovi eʼtibori bilan „Boburnoma“ga, „Qissas-ul-anbiyo“ga ancha yaqin turadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Temurnoma“ ning 1990-yildagi nashri.