Teng qanotlilar
Qiyofa
Teng qanotlilar (Homoptera) -soʻruvchi hasharotlar turkumi. 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ogʻiz apparati soʻruvchi. Oʻsimlik shirasi bilan oziqdanadi. Koʻzlari, odatda, murakkab; kam harakatlanuvchi va oʻtroq yashovchi turlarida yaxshi rivojlanmagan yoki yoʻq. 2 juft tiniq toʻrsimon qanotlari bor; baʼzi turlarida oddingi juft qanotlari qalinlashgan. Oldingi qanotlari juda yaxshi rivojlangan, ayrim turlarida orqa qanotlar yoʻq boʻlib ketgan. Ichki urugʻlanadi. Talaygina Teng qanotlilarda partenogenez kuzatilgan. Teng qanotlilar sikadalar, oʻsimlik bitlari, koksidlar va boshqa kenja turkumlarga boʻlinadi. Ayrim turlari qishloq xoʻjaligi. ekmnlari va daraxtlarga ziyon yetkazadi; oʻsimliklarda virus kasalligi qoʻzgʻatuvchisini tarqatadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |