Kontent qismiga oʻtish

Tentaksoy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tentaksoy
Tavsif
Uzunligi 126
Maydoni 4 130 km²
Joylashuvi
Davlat Qirgʻiziston va Oʻzbekiston
Mintaqa Andijon viloyati

Tentaksoy, Qoraungur — Andijon viloyatining shimoli-sharqiy qismidagi soy. Fargʻona tizmasining shim.sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Daryo yuqori qismida togʻlar orasida oqadi. Muzlik va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Daryo suvi bahorda koʻpayadi. Paxtaobod shahridan oʻtib Moylisuvga qoʻshiladi. Uzunligi 126 km. Havzasi maydoni 4130 km². Koʻp yillik suv sarfi 35,8 m³/sek. T.ga Chortoqsoy va boshqa tashlama suvlar kelib qoʻshiladi. Suvi Paxtaobod tumani ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi.