Kontent qismiga oʻtish

Teploxod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Teploxod — ichki yo’nuv dvigateli bilan harakatlanadigan kema; oʻziyurar kemalarning eng keng tarqalgan turi. Daryoda suzishga moʻljallangan vintli tanker " Vandal" birinchi marta Rossiyada yasalgan (1903). Chet elda birinchi transport T.i — "Zelandiya" tankeri Daniyada yaratildi (1922). Ilgari asosiy dvigateli dizelli va eshkak vintining elektr dvigateliga elektr quvvati uzatadigan mexanizmi boʻlgan kemalarni dizelelektroxod deb xam atashgan (qarang Elektroxod).

T.da asosiy dvigetal sifatida 2 va 4 taktli, kichik, oʻrta va katta tezlikda aylanuvchi ichki yonuv dvigatellari ishlatiladi. Ichki yonuv dvigatelida ish bajargan gazlar issiqligidan maxsus qozonda bugʻ tayyorlash uchun, bugʻdan esa elektr energiya ishlab chikarish va kema extiyojlari uchun foydalaniladi. T. dvigatellarining quvvati — 50000 o.k.gacha, tezligi — 150 km/soat gacha. Havo yostikli va suv osti qanotli T.lar ham bor. TER — ter bezlari ajratib chikaradigan tiniq suyuklik. Odam teri tarkibida 97,5—99,5% suv, oz miqdorda xlorid, fosfat tuzlari va baʼzi bir boshqa moddalar (mochevina, siydik kislota, kreatinin va boshqalar) bor. Teri yuzasida toʻplanadigan T. moy bezlari ajratgan sekretga doimo aralashib ketadi. T. tarkibi organizmning holatiga (yaʼni qon tarkibida turli moddalar boʻlishiga), terlash darajasiga boglik. Odam bir kechakunduzda 0,5—1,0 l T. chiqaradi. Bu jismoniy ishning jadalligi, tashqi muhit xarorati va ichilgan suyuqlik miqdoriga bogʻliq. Koʻp dori moddalari organizmdan T. bilan ajraladi.