Kontent qismiga oʻtish

Tepsey qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tepsey qabristoni - toshtiq madaniyatiga mansub arxeologik yodgorlik (mil. 3—5-asrlar). Minusinsk sh. (RF)dan shim.da, Yenisey daryosining oʻng sohilida, Tepsey togʻi yon bagʻrida joylashgan. Yer osti sagʻanalarining umumiy maydoni 40—50 m2, yon tomondan kirish joyi boʻlgan, ichki va tashqi devorlari, usti qalin yogʻochdan ishlangan. Sagʻanatardan kuydirilgan odamlarning kullari va turli buyumlar topilgan. sagʻanalarning biridan 100 dan ortiq kishining qoldiqlari chiqqan. Sagʻanaga dafn etish toʻxtatilgach, uni yoqib yuborishgan. Yer ostida kislorod yetishmagani tufayli olov sekin yongan, shu tufayli koʻp buyumlar yonmay, qorayib qolgan, yogʻochdan ishlangan buyumlar bizgacha saqlanib qolgan. Bular turli xil idish, qadah, togʻoralar, bugʻu, qoʻylarning haykalchalari, jezdan ishlangan juft ot boshi, kamar toʻqalari, gips ni-qoblar, ot yugani qoldiqlari. shuningdek, koʻplab hayvonlarning suyaklaridir.

1968-yil Tepsey qabristonidagi dahmadan topilgan suratli uzun taxtalar muhim badiiytarixiy hujjat hisoblanadi. Ularning bir tomonida turli holatda aks etgan hayvonlar (bugʻular, ayiq, boʻri, uchayotgan qush), boshqa tomonida jang manzarasi aks etgan. Tasvirlar pichoq uchida nozik chiziqlar bilan tushirilgan. Jang manzarasi qad.da uch qabila yoki xalqlar oʻrtasida boʻlgan real voqelikni aks etgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Drevnyaya Sibir (Putevoditel po v1stavke), L., 1976.