Kontent qismiga oʻtish

Terining toshma elementlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dermatozlar va tanosil kasalliklari diagnostikasi teri va shilliq qavatlarda kuzatiladigan turlituman oʻzgarishlar natijasida hosil boʻladigan toshmalar (mor-fologik elementlar)ga asoslanadi. Mazkur toshmalar dermatovenerologiyaning alifbosidir, bu alifbodagi har bir harf morfologik elementlardir. Toshmalarning turi, soni, xarakteri, joylashish tartibi, koʻp uchraydigan sohalari u yoki bu dermatologik tashxis qoʻyishni taqozo qiladi. Kasalliklar diagnostikasida jami oʻn sakkiz element (sakkizta birlamchi va oʻnta ikkilamchi) ishtirok etadi. Kasallik keltirib chiqaruvchi agent (sabab) larning taʼsiri natijasida yuzaga chiqadigan teridagi birlamchi oʻzgarishlar birlamchi toshmalar deb ataladi. Shu sababli birlamchi toshmalargina kasallikning turini, tabiatini aniqlash imkonini beradi. Birlamchi toshmalar terida birlamchi paydo boʻlishi bilan birga ikkilamchi toshmalarning shakllanishiga sababchi boʻladi; Ikkilamchi toshmalar birlamchi toshmalar paydo boʻlgan-dan soʻng, ularning rivojlanishi (evolyutsiyasi) oqibatida hosil boʻladi[1]. Shunday ekan, ikkilamchi elementlar kasallikning kechish jarayonini (zoʻrayishi yoki susayishini) koʻrsatadi.

Birlamchi elementlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlamchi elementlarga quyidagilar kiradi: 1. Dogʻ (masu1a) — teri rangining oʻzgarishi, bunda terining qattiq-yumshoqligi va sathi oʻzgarmaydi. Dogʻlar yalligʻlangan (rozeola, eritema) va yalligʻlanmagan (pes dogʻlar, norlar, sepkil) boʻlishi mumkin. 2. Tuguncha (raru1a) — hoʻjayralarning boʻlinib koʻpayishi natijasida hosil boʻladigan qattiq toshma. Kattaligi jihatidan miliar, lentikulyar, nummulyar va yassi boʻladi. 3. Doʻmboqcha (tuegsu1um) — yalligʻlanish maddasining shakllanishidan hosil boʻlgan toshma. Toshmaning soʻrilishi oqibatida chandiq yoki dogʻ qoladi. 4. Tugun (nodus) — terining chuqur qavatlarida hosil boʻladigan oʻsmasimon qattiq element. Teri sathidan hamma hollarda boʻrtib chiqavermaydi. 5. Qavarchiq (urtica) -teri sathidan boʻrtib, qavarib chiqadigan chegaralangan toshma. Yuzasi tekis va silliq, qichishish bilan kechadi. 6. Pufak (bulla) — epidermis va uning tagida suyuqlik toʻplanishi natijasida hosil boʻladigan boʻshliqli element. Pufak muguz qavat ostida (subkorneal), tikanli qavat bagʻrida (intraepidermal) va asl terida (subepidermal) joylashishi mumkin. Kichigi noʻxatday, kattasi tuxumday keladi. 7. Pufakcha (vezisu1a) — tarkibida seroz yoki qonli suyuqlik saqlaydigan kichik boʻshliqli toshma. Eng katta pufakcha tariqdek boʻladi. Pufakcha asosan yalligʻlangan dogʻlar sathida toshadi. 8. Yiringcha (rustu1a)-tarkibida yiring saqlaydigan boʻshliqli element. Yiringcha boʻshligʻi epidermisda hosil boʻladi. Joylashish tarziga qarab yuzaki, chuqur va follikulyar yiringchalar farqlanadi[2]. Teri toshmalari faqat bir turdagi birlamchi elementlardan tuzilgan boʻlishi mumkin. Bunga monomorf toshma deyiladi (masalan, qoʻ’busdagi tugunchalar). Toshmalar turli-tuman birlamchi elementlardan iborat boʻlsa, polimorf toshma deb ataladi. Masalan, gushda eritema, tuguncha, pufakcha va yiringcha kuzatiladi. Agar toshma tarkibida birlamchi element bilan birga bir necha ikkilamchi elementlar kuzatilsa, soxta polimorfizm deb atash lozim. Pufakli epidermolizda pufaklar bilan qaloq, shilinish va pigmentli dogʻlarning uchrashi bunga misol boʻladi. Ikkilamchi toshma elementlariga quyidagilar kiradi: 1. Pigmentli dogʻlar (pigmentatio) - giperpigmentli va gipopigmentli boʻladi. Giperpigmentli dogʻlar koʻpincha birlamchi (tuguncha, pufakcha, pufak, yiringcha) va ikkilamchi (yoriq, eroziya) toshmalarning oʻrnida melanin pigmenti toʻplanishi natijasida hosil boʻladi. Gipopigmentli dogʻlar esa qipiqlanuvchi dogʻlar va tugunchalarning soʻrilishi natijasida paydo boʻladi. Bunday dogʻlar soxta leykoderma deb ataladi (kepaksimon temiratkida, qoʻ’busda). 2.Qipiq (squama) — teri sathidan koʻchib tushadigan, gʻovaklashgan muguz qavatning tangachasimon hujayralaridir. Rangi oqimtir, sargʻish, kulrang, jigarrang boʻlishi mumkin. Kattaligiga qarab unsimon, kepaksimon, tangachasimon va bargsimon boʻladi. 3. Qaloq (sgusta) — boʻshliqli elementlar pardasining va ulardan ajralib chiqqan suyuqlikning qurishi natijasida hosil boʻladi. Birlamchi toshmaning xarakteriga qarab seroz, yiringli, gemorragik qaloklar farqlanadi. Shu sababli ularning rangi sariq, yashil, qizil, qora boʻlishi mumkin. 4. Bichilish, nuqson (egosio)-terining yuzaki nuqsoni. Asosan pufak, pufakcha va yiring pardalarining yirtilishi natijasida ularning oʻrnida hosil boʻladi. Eroziyalarda nuqson chuqurligi epidermisdan pastga oʻtmaydi, ana shu sababli chandiqsiz bitadi. 5. Yoriq (fissura) — terining chiziqsimon nuqsoni. Koʻpincha teri elastikligining yoʻkolishi natijasida hosil boʻlib, burmalar sohasida koʻproq kuzatiladi. Yorik chuqurligi epidermis qalinligida (gʻzziga) va dermagacha kirib borishi mumkin. Shuning uchun yuzaki yoriqlar izsiz, chuqurlari esa chandiqlanish yoʻli bilan bitadi. 6. Tirnalish, shilinish (exsoriatio) — tirnalish, qashinish va boshqa jarohatlar oqibatida teri butunligining buzilishi. Terining tirnalgan joylari yuzaki(epidermisda) va chuqur (dermada) boʻlishi mumkin. 7. Yara (ulsus) — teridagi chuqur nuqson. Baʼzan nuqson chuqurligi teri osti yogʻ qavati, mushak qavati va hatto suyaklargacha etib borishi mumkin. Ular birlamchi elementlar (doʻmboqcha, tugun, chuqur yiring) toʻqimalarining chirishi natijasida hosil boʻladi. Yaralar barcha hollarda chandiqlanish yoʻli bilan bitadi 8. Chandiq (sicatrix) — biriktiruvchi toʻqima elementlaridan iborat tuzilma. Chandiq teridagi chukur nuqsonlarning bitishi natijasida shakllanadi, Chandiqning hosil boʻlishi oʻsha sohada joylashgan ter va yogʻ bezlari, soch tolasi, tomirlar va elastik tolalarning nobud boʻlishi bilan kechadi. Gipertrofii va atrofik chandiklar farqlaiadi. 9. Yagʻirlik (lichenificatio) — teri koʻrinishi kuchaygan oʻchoq, bunda teri qalinlashadi, qattiqlashadi, quriydi va giperpigmentatsiyaga uchraydi. Koʻpincha burmalar sohasida (tirsak, tizza, chov, boʻyin) kuzatilib, qichishish bilan kechadi. 10. Oʻsish, rivojlanish, kurtaklanish (vegetationes)- terining soʻrgʻichsimon kalinlashishi. Koʻpincha yalligʻlanish oqibatida dermaning soʻrgʻichsimon va epidermis tikanli qavatining oʻsishi natijasida shakllanadi. Ular asosan tuguncha va yara sohalarida paydo boʻlib, qonashi va shilinishi mumkin.

  1. A. M. Mannonov, Q. N. Xaitov. Teri va tanosil kasalliklari, 2016, Toshkent: „IQTISOD-MOLIYA“ ISBN 978-9943-13-601-4.
  2. Vaisov, Atham. Teri va tanosil kasalliklari, 2009, Toshkent: Yangi asr avlodi — 125 bet. ISBN 978-9943-08-299-1