Kontent qismiga oʻtish

Termal suvlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Termal suvlar (frans. therma iliq, yun. therme — iliq, issiq) — Yer poʻstidagi yuqori trali (20° va undan ortiq) yer osti suvlari. 20° trali izotermalar koʻp yillab toʻngib yotgan hududlarda 1500–2000 m dan, subtropiklarda 400 m va undan kamroq chuqurlikda, tropiklarda esa yuzada boʻladi. Artezian havzalarda 2000–3000 m li burgʻi quduqlari yordamida 70—100° va undan yuqori trali issiq suvlar ochilmoqda. Togʻlar (mas., Alp, Kavkaz, Tyanshan va Pomir togʻlari)da Termal suvlar issiq buloqlar (trasi 50—90°), harakatdagi vulkanli rayonlarda geyzerlar, qaynoq suv va bugʻ aralashmalari (trasi 150— 200°) holida namoyon boʻladi. Kimyoviy, gaz tarkibi va minerallashuviga koʻra — chuchuk va shoʻrroq gidrokarbonatli, natriyli, azotli, karbonat angidridli va vodorod sulfidli, shoʻr va namakob xloridli, natriyli va kaltsiynatriyli, azotmetanli va metanli, ayrim joylarda vodorod sulfidli suvlar mavjud (qarang Mineral suvlar). Termal suvlardan qadimdanoq davolash maqsadlarida, kurortlarda, shuningdek, texnik maqsadlarda hamda uyjoy va ishlab chiqarish. binolarini, issiqxonalarni isitishda va boshqalarda keng foydalaniladi. Termal suvlar mavjud boʻlgan joylarda elektr styalar qurilgan. Toshkentda qisqa muddat Termal suvlardan maishiy xizmatlar, Qoplonbekda issiqxonalarni isitish maqsadlarida foydalanildi. Foydalaniladigan zaxirasining cheklanganligi, xususan, T.yening davo xususiyatlari va sifatli taʼmi uchun Toshkent Termal suvlardan hozirda faqat balneologik va isteʼmol maqsadlarida foydalaniladi. Issiklik bilan taʼminlashda Termal suvlar kucheiz termal (20—50°), termal (50—75°), yuqori termal (75 — 100°) suvlarga boʻlinadi (yana qarang Yer osti suvlari).

Oʻzbekistonda ilk marotaba Oltinsoy Termal suvlar koni foydalanish zaxirasini hisobga olgan holda (issiqxona xoʻjaliklarini isitish uchun) razvedka kilingan. Mazkur Termal suvlar manbai Navoiy viloyati Xatirchi tumani hududidagi Oqtovning jan. yon bagʻrida joylashgan.