Kontent qismiga oʻtish

Termiz davlat pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Termiz davlat pedagogika instituti
Xalqaro nomi
Termez State Pedagogical Institute
Turi Institut
Rektori Toʻlqin Teshaboyev
Fakultetlar 9
Talabalari ~ 10 920
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Oʻqituvchilari 239
Joylashuvi
Termiz
,
Oʻzbekiston
Veb-sayti tdpi.uz

Tashkil etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universitetining (keyingi oʻrinlarda – Universitet) pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti (keyingi oʻrinlarda – Institut) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin

hududda pedagogika soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda pedagogika sohasi boʻyicha tarbiya va oʻqitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash;

Institutning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq etish;

oʻquv va ilmiy laboratoriya xonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

xorijiy yetakchi va nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, oʻquv va ilmiy-uslubiy taʼminotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;

taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash;

pedagogika taʼlim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilgʻor xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga keng jalb etish;

respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;

xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarini tayyorlash.

Rektor Xasanov Azizbek Baxtiyarovich



Rektor lavozim vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir boʻlgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori maʼlumotli malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;

Davlat taʼlim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

Oliy taʼlim muassasasida Oʻzbekiston Respublikasining „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonun va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da belgilangan vazifalar bajarilishini taʼminlash;

Oliy taʼlim muassasasi tarkibiy tuzilmasidagi barcha boʻlinmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy taʼlim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;

Xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, intizomiy jazo choralarini qoʻllash;

Oliy taʼlim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;

Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;

Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yangi avlod oʻquv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;

Oʻquv-tarbiya jarayonida oʻqitishning ilgʻor shakllarini, shu jumladan, masofadan turib oʻqitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

Maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy gʻoyani shakllantirish;

Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar institutiga qabul qilish, oʻqishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini taʼminlash;

Professor-oʻqituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini taʼminlash;

Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat koʻrsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash;

Fakultetlar va kafedralar faoliyati, oʻquv jarayoni, maʼruzalar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashgʻulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini taʼminlash;

Taʼlim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yoʻnalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari, oʻquv adabiyotlarini takomillashtirib borishni taʼminlash, ilmiy izlanishlarni yoʻnaltirib borish;

Marketing xizmatini rivojlantirib, taʼlim yoʻnalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni oʻrganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;

Oliy taʼlim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy taʼlim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, oliy taʼlim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish, tugatish, oʻzgartirish;

Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini taʼminlash, qoʻshma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;

Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;

Taʼlim jarayonini boshqarish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini taʼminlash.

Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻquv ishlar boʻyicha prorektor: Tojiyev Panji Jovliyevich Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozim vazifalari:




Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Davlat taʼlim standartlari asosida taʼlim jarayonini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;

Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar, kafedra mudirlari va pedagog oʻqituvchilarning toʻliq bilishini taʼminlash;

Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va koʻrsatmalarini, oʻquv jarayonlariga oid masalalar boʻyicha OTMsi Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

Ilgʻor mamlakatlar taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish, „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonun, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va boshqa taʼlimga oid qonunlar koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;

Oʻquv-tarbiya jarayonida oʻqitishning ilgʻor shakllarini, shu jumladan masofadan turib oʻqitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yangi avlod oʻquv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini tashkil etish;

Oʻquv rejalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash; darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarni tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etish;

Pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

Barcha taʼlim yoʻnalishlarini oʻquv reja va dasturlari bilan taʼminlash;

Oʻquv-uslubiy kengashga rahbarlik qilish, oʻquv jarayonini taʼminlaydigan boʻlimlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

Oʻquv uslubiy boʻlimlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

Talabalarning oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotini, shuningdek, darslik, oʻquv-uslubiy majmualar taʼminoti boʻyicha nashriyot ishlarini tashkil etish;

Oʻtilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-oʻqituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;

Oʻquv va uslubiy konferensiyalarni tashkil etish, OTMsi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilgʻor uslubiy tajribalarni umumlashtirish;

Talabalarni Respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiada tanlovlariga maqsadli tayyorlash, olimpiada natijalarini tahlil qilish, Prezident va davlat stipendiyalariga tayyorlash ishlarini uzluksiz shaklda tashkil etish va boshqarish;

Ustoz-shogird anʼanalari asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish, talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etish, ularning bilimlarini ob’ektiv baholashni tashkil etish;

Fanlarni oʻzlashtira olmayotgan talabalarni OTMsidan chetlashtirish, uzrli sabablar bilan oʻqishdan chetlashtirilganlarni qayta tiklash, talabalarni kursdan kursga oʻtkazish, stipendiya tayinlash ishlarini nazorat va tashkil etish;

Oʻquv mashgʻulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat etish, kafedralarga oʻquv yuklamalarini taqsimlashni tashkil etish, yillik hisobotlarni tahlil qilish va oʻquv jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Talabalar mustaqil taʼlim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarni tatbiq etish, kerakli sharoitni barpo etish;

Professor-oʻqituvchilar va oʻquv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, boʻlimlarni malakali kadrlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish;

Boʻsh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish boʻyicha takliflar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

Oʻquv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;

Birinchi kursga talabalikka qabul qilish ishlarini tashkil qilish, dekanlarning talabalarni oʻqishdan chetlashtirish, akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqish;

Talabalar amaliyotlarini tashkil etish va shu maqsadda korxona va tashkilotlarning rahbarlari bilan doimiy aloqa oʻrnatish, oʻquv ishlarining ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini tashkil etish;

Oʻquv-uslubiy hisobotlarni belgilangan shakllarda rektoratga taqdim etishni taʼminlash, maxsus sirtqi boʻlim talabalari uchun davlat andozasi asosida oʻquv rejalarini tayyorlash va tegishli tartibda tasdiqlash, qayta koʻrib chiqish, takomillashtirish;

Fakultetlarda oʻquv-uslubiy majmualar taʼminotini tashkil etish, boshqarish, oʻquv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etish, mutasaddi kafedralar faoliyatini nazorat etish;

Oʻquv intizomini buzgan pedagoglarga nisbatan chora koʻrish, ular bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

Taʼlim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni taʼminlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

Kafedralar va fakultetlarning yillik faoliyati hisobotlarini oʻtkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-oʻqituvchilarning oʻquv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

Oliy taʼlim muassasalari bilan oʻquv-uslubiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

Oʻrnatilgan tartibda oliy taʼlim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

Oliy taʼlim muassasasini oʻrnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan oʻtkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va oʻtkazishda faol ishtirok etish.

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor: Turamuratov Ulugʻbek Uroqovich

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha

direktorning birinchi oʻrinbosari lavozim vazifalari:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Davlat taʼlim standartlari asosida oʻquv, ilmiy, moliyaviy va maʼnaviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;

Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʻlimlar, kafedra mudirlari va pedagog oʻqituvchilarning toʻliq bilishini taʼminlash;

Yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir boʻlgan yuqori maʼlumotli, malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;

Talaba-yoshlar ongiga milliy gʻoyani singdirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, taʼsirchan mexanizmlarini shakllantirish;

Maʼnaviy-maʼrifiy jarayonni boshqarishni takomillashtirib borish;

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qatʼiy amalga oshirilishini nazorat qilish mexanizmini vujudga keltirish;

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimi uchun zarur meʼyoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalarga, professor-oʻqituvchilarga oʻz vaqtida yetkazish hamda har tomonlama tushuntirishni tashkil qilish;

Vakolatli davlat organlarining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha qabul qilgan hujjatlarini oliy taʼlim muassasasi jamoasiga oʻz vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini taʼminlash;

Taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va talabalari oʻrtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni taʼminlash;

Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda talabalardagi maʼnaviy boqimandalik kayfiyatini yoʻqotish va ularda oʻz tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;

Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq- tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;

Maʼnaviy-maʼrifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qoʻllanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yoʻlga qoʻyish;

Ijtimoiy-gumanitar kafedralarda oʻqitiladigan fanlarni uslubiy va informatsion (adabiyot, qoʻllanma va sh.k.) taʼminlashni, professor-oʻqituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini oʻrganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;

Ijtimoiy-gumanitar fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash;

Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil qilish. Taʼlim muassasasida talaba-oʻquvchilarning qiziqishlariga muvofiq yoʻnalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari boʻyicha toʻgaraklar, kichik korxonalar, talaba-yoshlarning darsdan boʻsh vaqtlarini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan (haq toʻlanadigan) tuzilmalar tashkil etish;

Taʼlim muassasasida talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;

Talaba-oʻquvchilar orasida badiiy adabiyotni, xususan Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni oʻqish va oʻrganish ishlariga alohida eʼtibor berish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus koʻrik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, gʻoliblarni ragʻbatlantirish. Taʼlim muassasasi axborot resurs markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;

Taʼlim muassasasi sport-sogʻlomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini taʼminlash masalalarini nazorat qilish;

Kam taʼminlangan, koʻp bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi maʼlumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha muntazam ish olib borish;

Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamgʻarmalari, mahallalar bilan fakultetlar va taʼlim muassasasining hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;

Koʻp nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini taʼminlash, ularda taʼlim muassasasida maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy yoritib borish;

Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik toʻgaraklari koʻriklarini va olimpiadalarni muntazam oʻtkazishni tashkil etish;

Respublika, viloyat va shahar miqyosida boʻladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-oʻqituvchilar va talabalarning faol ishtirokini taʼminlash;

Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar yoʻnalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritish;

Professor-oʻqituvchilar va talabalar munosabatida odob-axloq meʼyorlari va yuqori muomala madaniyatini tarkib toptirish.

Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor: Saparov Xasan Djumanazarovich




Professor oʻqituvchilar tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Isayev Oybek Axmed oʻgʻli
Begimqulov Oltiboy Joʻrayevich
Berdiyeva Muxabbat Meyliyevna


Begimqulov Oltiboy Joʻrayevich 1967-yil 1-fevral Sherobod tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha dotsent Begimqulov Oltiboy Joʻrayevich. O. J. Begimqulov jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari boʻyicha yetuk mutaxassis, ayniqsa „Oʻzbek kurashi“ borasida oʻz maktabini yaratgan mohir sportchi O. J. Begimqulov mamlakatimizda „Oʻzbek kurashi“ rivojiga hissa qoʻshayotgan sportchi hamda olim sifatida „Taʼlim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash“, „Buyuk donishmand va allomalar jismoniy tarbiya va salomatlik xususida“, „Oʻzbek milliy kurashi: tarixi va anʼanalari“, „Olimpizm“, „Jismoniy tarbiya va sport fanlariga oid tayanch tushunchalar va atamalar“ oʻquv qoʻllanma, uslubiy qoʻllanma va monografiyalar, „Jismoniy tarbiya va sport“ darsligi va koʻplab ilmiy maqolalar muallifidir. Jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimi vazifasida ishlab kelmoqda.

Daminov Ilhomjon Ashiralievich



Dusyarov Xudoymurot Chorshanbiyevich

Berdiyeva Muxabbat Meyliyevna, 1968-yil 19-fevralda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti Oliy 1985-1989 yillarda Termiz davlat universitetining pedagogika va psixologiya (maktabgacha tarbiya) yoʻnalishini tugatib, 2021-yilning avgust oyidan Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida Maktabgacha va Texnologik taʼlim fakulteti Maktabgacha taʼlim kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabgacha taʼlim kafedrasi mudiri Berdiyeva Muhabbat Meliyevna

Xudoyberdiyev Shamsutdin Tulqinovich


Daminov Ilhomjon Ashiralievich

Kafedra mudiri, dotsent

Imanov Baxtiyor Berdiyevich

Dusyarov Xudoymurot chorshanbiyevich 1960-yil 21-fevralda Surxandaryo viloyati Termiz tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti Oliy. 1979-1984-yillarda Termiz davlat pedagogika institutining Umumtexnika fanlari va fizika yoʻnalishini tugatgan. 1984-1986-yillar Termiz tumanidagi 5-maktab oʻqituvchisi, 1987-1990-yillar Termiz davlat universiteti Umumtexnika fanlari va mehnat kafedrasi oʻqituvchisi, 1990-2001-yillar Termiz davlat universiteti industrial pedagogika fakulteti dekan oʻrinbosari, 2001-2002-yillar Termiz davlat universiteti industrial pedagogika fakulteti dekani, 2002-2003-yillar Termiz davlat universiteti Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori, 2003-2009-yillar Termiz davlat universiteti Mehnat taʼlimi kafedrasi mudiri, 2009-2010-yillar Termiz davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, 2010-2011-yillar Termiz davlat universiteti kasbiy taʼlim fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi, 2011-2015-yillar Termiz davlat universiteti Mehnat taʼlim kafedrasi dotsenti, 2015-2018-yillar Termiz davlat universiteti Texnika fakulteti kasbiy taʼlim kafedrasi dotsenti, 2018-2019-yillar Termiz davlat universiteti Maktabgacha taʼlim fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi, 2019-2020-yillar Termiz davlat universiteti Umumtexnika fanlari va Texnologiya kafedrasi dotsenti, 2021-yil 6-sentiyabrdan Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Texnologik taʼlim kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Texnologik taʼlim kafedrasi mudiri Dusyarov Xudaymurot Chorshanbiyevich umumiy 38 yillik ilmiy-pedagogika ish stajiga ega boʻlib, shundan Termiz davlat universitetida 34 yillik ilmiy-pedagogik staji va bugungi kunga kelib, 1 yillik ilmiy-pedagogik ish faoliyatini Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha va Texnologik taʼlim fakulteti Texnologi taʼlim kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Xudoyberdiyev Shamsutdin Tulqinovich

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1966 yil 3 iyunda toʻgʻilgan . Millati oʻzbek. 1983-1990 yy.- Termiz davlat pedagogika instituti talabasi 1990-1991 yy.- Termiz davlat pedagogika instituti falsafa kafedrasi oʻqituvchisi, 1991-1994 yy.- Termiz davlat pedagogika instituti Oʻzbekiston xalqlari tarixi kafedrasi oʻqituvchisi 1994-1996 yy.- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti ilmiy tadqiqotchisi 1996-2006 yy.- Termiz davlat universiteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasi oʻqituvchisi. 2001-2005 yy.-Termiz davlat universiteti tarix va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekanining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari. Oʻzbekiston tarixi kafedrasi katta oʻqituvchisi 2005-2007 yy.- Termiz davlat universiteti Tarix va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekanining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston tarixi kafedrasi katta oʻqituvchisi 2007 −2010 yy.- Termiz davlat universiteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasi katta oʻqituvchisi 2010 −2011 yy. – Termiz davlat universiteti Oʻzbekiston tarixi va gumanitar fanlar kafedrasining katta oʻqituvchisi 2011-2015 yy. – Termiz davlat universiteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasi katta oʻqituvchisi 2015 −2018 yy. – Termiz davlat universiteti Oʻzbekiston tarixi va arxeologiya kafedrasi oʻqituvchisi 2018 −2021 yy. – Termiz davlat universiteti Oʻzbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi 2021- h.v Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Tarix, sanʼat va sport fakulteti dekanining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari va Tarix fanlari kafedrasi katta oʻqituvchisi .

Norbosheva Mexri Achilovna



Samiyev Asroriddin Sayfiddinovich


Imanov Baxtiyor Berdiyevich

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Narbasheva Mexri Achilovna 1966-yil 5-noyabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 1983-1987 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini „Pedagogika va psixologiya“ ixtisosligini tamomlagan. 1989-1991 yillarda Rossiya Pedagogika Fanlari akademiyasi qoshidagi maktabgacha tarbiya ilmiy tadqiqot instituti stajyor-tadqiqotchisi, 1991-1993 yillarda Rossiya Taʼlim akademiyasi Shaxs rivojlanishi instituti qoshidagi maktabgacha tarbiya ilmiy tadqiqot instituti aspiranti sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2021-yil sentabr oyidan boshlab Termiz davlat Pedagogika instituti Psixologiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda. Narbasheva Mexri Achilovna 31 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlib, 1 yillik ilmiy-pedagogik ish faoliyatini Termiz davlat Pedagogika institutida davom ettirmoqda.



Samiyev Asroridin Sayfidinovich 1969 yil 11-avgustda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 1991 yil Dushanbe davlat pedagogika institutini tugatgan. Pedagogik faoliyatini 1991 yildan Termiz davlat universiteti „Pedagogik mahorat“ kafedrasidan boshlangan. Termiz davlat universitetida 30 yil faoliyat koʻrsatib oddiy oʻqituvchilikdan turli lavozimlarda ishlab kelgan. 2003-2009 yillar Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti „Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha“ dekan oʻrinbosari lavozimida, 2009-2011 yillar Termiz davlat universiteti „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati yetakchisi lavozimida ishlagan. 2012-2015 yillar Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti „Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha“ dekan oʻrinbosari, 2015-2019 yillar Termiz davlat universiteti „Ichki nazorat va monitoring boʻlimi“ boshligʻi, 2019-2021 yillar Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti dekan vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

2023 yildan Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Oʻquv boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). 100 ga yaqin ilmiy maqola, 4 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 1 ta oʻquv qoʻllamaning muallifidir.

Bugungi kunda Termiz davlat pedagogika institutda 11 ta fakultetga talabalar qabul qilinadi[1].

– Tabiiy fanlar fakulteti

– Matematika va informatika fakulteti

– Pedagogika va sanʼat fakulteti

– Xorijiy til va adabiyot fakulteti

– Boshlangʻich taʼlim fakulteti

– Tarix fakulteti

– Jismoniy madaniyat fakulteti

– Filologiya fakulteti

– Maktabgacha taʼlim fakulteti

– Magistratura boʻlimi

– Sirtqi (maxsus-sirtqi) boʻlim

Xalqaro aloqalar yangiliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2022-yil 18-fevral kuni Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogika universiteti va Termiz Davlat universiteti Pedagogika institututi oʻrtasidagi hamkorlik yuzasidan ZOOM orqali davra suhbati boʻlib oʻtdi.
  • 2022-yil 1-aprel Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti xalqaro hamkorlik boʻlimiga Germaniyadan Rur-Boxum universiteti filologiya fanlari doktori, professor Janob Manfred Fryuauf hamda Germaniya akademik almashinuv xizmati xodimi Janob Anton Umbax tashrif buyurishdi.

Qizgʻin kechgan uchrashuvda Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti va Germaniya davlati Rur-Boxum universiteti õrtasida tuzilishi kutilayotgan qoʻshma dastur hamda yangi loyihalar ustida suhbatlar boʻlib oʻtdi.

  • 2-aprel kuni Termiz davlat universitetining Pedagogika institutiga Belorussiyaning Polotsk davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Yuriy Golubev Viktorovich, Oʻqitish texnologiyasi va metodikasi kafedra mudiri Natalya Viktorovna, Jismoniy tarbiya va sport kafedra mudiri Yelena Nikolayevna tashrif buyurishdi.

Rasmiy uchrashuvda Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti va Belorusiyaning Polotskiy davlat universiteti oʻrtasida xalqaro hamkorlik shartnomasi tuzildi. Shuningdek, tuzilishi kutilayotgan qoʻshma dastur hamda yangi loyihalar ustida suhbatlar boʻlib oʻtdi. Rasmiy uchrashuv soʻngida har ikkala tomon oʻz samimiyatini. namoyon etgan holda oʻzaro sovgʻalar almashishdi. Rasmiy uchrashuvdan soʻng tadbir ishtirokchilari viloyatimizning boy tarixi va madaniyatidan xabar beruvchi Al hakim at-Termiziy ziyotgohiga, Fayoztepa, Qoratepa arxeologik inshootlariga tashrif buyurishdi. Ushbu uchrashuv har ikkala oliygoh oʻrtasidagi shartnomaning porloq kelajajagi uchun debocha vazifasini oʻtadi.

  • Kutilayotgan rejalar: Xalqaro SES tashkiloti aʼzosi Germaniyaning Rur-Boxum universiteti Filologiya fanlari doktori, professor Janob Manfred Fryuaufl 2023-yil aprel-may oylarida olti xaftalik darslarini tashkil etishi kutilmoqda.
  • 2022-yil 17-28-yanvar kunlari Volgograd ijtimoiy-pedagogika universitetida boʻlib oʻtgan „Govorim po-russki“ nomli ZOOM platformasi orqali oʻtkazilgan onlayn oʻquv kursiga institutning rus tili yoʻnalishi talabalari ishtirok etdilar va kurs yakunida 3-bosqich talabalari Sotiboldiyeva. M va Eshqobilova. F lar faol ishtirok etishib, sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
  • 2022-yil 18-fevral kuni Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogika universitetining professor-oʻqituvchilari va Termiz davlat pedagogika institututi Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida onlayn davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, fevral oyida Termiz davlat pedagogika instituti va Qozogʻistonning Akademik Buketov nomidagi Karaganda universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

2022-yil mart oyida institut ERASMUS+ dasturida roʻyxatdan oʻtkazildi, endilikda ERASMUS+ ning oktabr oyida boʻlib oʻtadigan tanlovlarida institut professor-oʻqituvchilari va talabalarning ishtirokini taʼminlash kutilmoqda.

Mart oyida barcha yoʻnalish talabalari orasida „Taʼlimni xorijda davom ettirishni xoxlaysizmi“ nomli erkin soʻrovnoma oʻtkazildi va ular orasidan chet tillarini yaxshi biladigan hamda mustaqil oʻrganayotgan talabalarni saralab olindi.

2022-yilning 17-mart kuni Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida „Fanlarni ingliz tilida oʻqitish“ xalqaro loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va tavsiyalar yuzasidan Davra stoli boʻlib oʻtdi.

2022 yil davomida institutimizga bir qancha xorijiy mehmonlar tashrif buyurishdi. Jumladan, 2021 yil 1-3 dekabr kunlari Germaniyaning akademik almashinuv xizmati vakili janob Anton Umbach institutga amaliy tashrifni amalga oshirdi. Janob Anton Umbach xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy tillar kafedrasining doimiy hamkori hisoblanadi. Rasmiy tashrif davomida Tillar fakultetining nemis tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan talabalar uchun seminarlar va davra suhbatlari rejalashtirilgan. Ushbu tashrifning amaliy davomi sifatida 2022-yilning 1-2-aprel kunlari Janob Anton Umbach va Germaniyaning Rur-Boxum universiteti Filologiya fanlari doktori, professor Janob Manfred Fryuauflar institutimizda mehmon boʻldilar. Tashrif davomida Nemis tili va adabiyoti yoʻnalishi talabalari uchun test sinovlari oʻtkazildi. Tashrif soʻngida 2023-yil aprel-may oylarida Filologiya fanlari doktori, professor Janob Manfred Fryuaufning olti haftalik darslarini tashkil etishga kelishib olindi.

2022-yil 2-aprel kuni institutimizga Belarussiyaning Polosk davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Golubev Yuriy Viktorovich, Oʻqitish texnologiyasi va metodikasi kafedra mudiri Natalya Viktorovna, Jismoniy tarbiya va sport kafedra mudiri Yelena Nikolaevnalar tashrif buyurdi. Rasmiy uchrashuvda Termiz davlat pedagogika instituti va Polosk davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

2022 yil 3-19-oktabr kunlari institutga Germaniyaning SES xalqaro tashkiloti ekspert-pedagogi Helga Joosten tashrif buyurib, 1 oy muddatga davom etadigan institut oʻqituvchilari va talabalariga seminar mashgʻulotlarini oʻtdi.

2022 yil 12-15-dekabr kunlari institutga Rossiya Federasiyasining Shadrinsk davlat pedagogika universitet oʻqituvchisi filologiya fanlar nomzodi Nikonorov Sergey Vladimorovich tashrib buyurdi. Tashrifi davomida rus tili va adabiyoti yoʻnalishi talabalariga mutaxassisligidan maʼru’za mashgʻulotlarini oʻtdi.

Iqtidorli talabalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING IQTIDORLI TALABALARI TOʻGʻRISIDA

MAʼLUMOT

Talabaning I. F. Sh Fakultet, taʼlim yoʻnalishi va bosqichi Erishgan yutuglari

(Prezident va nomli davlat stipendiyanti, chempion v.h) oy, kun, yil

Ilmiy raharining

I. F. Sh

Mamarajabova Yulduz Chorshanbi qizi Boshlangʻich taʼlim fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 20-04-guruh Surxondaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan „Viloyat hokimi stipendiyasi“ sovrindori Bobomurodov Sirojiddin Mengziyo oʻgʻli
Olloqulova Muslima Ibodulla qizi Boshlangʻich taʼlim fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 20-01-guruh Surxondaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan Shaxmat sport musobaqasi sovrindori Temirova Matluba Karim qizi
Xolliyeva Sevara Rustam qizi Boshlangʻich taʼlim fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 301-guruh Navoiy nomidagi davlat stipendianti

22.12.2022 yil

Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi Norqobilova Rayxona Davlatovna
Mamatmurodova Muxlisa Kamol qizi Boshlangʻich taʼlim fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 302-guruh Islom Karimov nomidagi davlat stipendianti 22.12. 2022 yil Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi Norqobilova Rayxona Davlatovna
Kamolova Mohichehra Azamat qizi Boshlangʻich taʼlim fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 301-guruh 2023-yilda „Viloyat hokimi stipendiyasi“ning II-mavsumida munosib deb topilganligi uchun Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi Norqobilova Rayxona Davlatovna
Ismoilova Mashhura Eshmamat qizi Boshlangʻich taʼlim fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 302-guruh 2023-yilda „Viloyat hokimi stipendiyasi“ning I-mavsumida munosib deb topilganligi uchun Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi Norqobilova Rayxona Davlatovna
Abdusamatova Mohinur Abdijalil qizi Boshlangʻich taʼlim fakulteti,

Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi

306-guruh

2023-yilda „Viloyat hokimi stipendiyasi“ning II-mavsumida munosib deb topilganligi uchun Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi Norqobilova Rayxona Davlatovna
Ismoilova Gulmira Erkin qizi Maktabgacha taʼlim fakulteti,

Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi

"Viloyat hokimi stipendiyasi" sovrindori, yil talabasi koʻrik tanlovi gʻolibi Kosimov Shavkat Uralovich
Xalilova Nozima

Qilichjon qizi

Maktabgacha taʼlim fakulteti,

Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi

"Viloyat hokimi stipendiyasi" sovrindori

3-mart 2023-yil. „Viloyat madaniyatini targʻib etuvchi talaba“

Muxammadieva Feruza

Turakulovna

Xusanova Dinara Erkin qizi Maktabgacha taʼlim fakulteti,

Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi

(MDH) davlatlar miqyosida tashkil etilgan „Intellektual izlanuvchi“ esdalik nishoni

2022-yil 24-dekabr 32-sonli qaror

Jumayeva Malika Aliyevna
Omonov Gʻolibjon Tolib oʻgʻli Matematika va informatika fakulteti, Matematika va informatika yoʻnalishi 3-bosqich 302-guruh "Intellektual haftalik" musobaqasida Surxondaryo viloyati viloyat bosqichi gʻolibi Turayev Haydar
Ergashova Gulruxsor Toshmuhammad qizi Matematika va informatika fakulteti, Matematika va informatika yoʻnalishi

2-bosqich 205-guruh

"Mirzo Ulugʻbek vorislari" koʻrik tanlovi tuman bosqichi gʻolibasi Karasakalov Revkat Kenesovich
Muhammadiyeva Lobar Lola qizi Matematika va informatika fakulteti, Matematika va informatika yoʻnalishi

3-bosqich 304-guruh

"Viloyat hokimi stipendiyasi" gʻolibasi Raimqulov Sherali Urazdavlatovich
Maxmudov Shuhrat Omon oʻgʻli Matematika va informatika fakulteti, Matematika va informatika yoʻnalishi

3-bosqich 301-guruh

Xakaton 2021 startap gʻolibi,

Xakaton 2022 startap finalchisi

Surxondaryo IT park viloyat bosh koordinatori

Oʻtaganova Umida Egamberdi qizi
Qudratova Manija Shohmansur qizi Filologiya fakulteti, Oʻzbek tili va adabiyoti 2-bosqich "Viloyat hokimi stipendiyasi" gʻolibasi Xamidov Abdumalik Kiranovich
Ashurova Manzifa Xolmurod qizi Filologiya fakulteti,

Oʻzbek tili va adabiyoti. 2-bosqich

"Viloyat hokimi stipendiyasi" gʻolibasi Mardonova Lobar Umaraliyevna
Soatova Rayxona Sadriddin qizi Pedagogika va sanʼat fakulteti, Pedagogika yoʻnalishi 1-bosqich Prezident grantiga nomzod Turamuratov Ulugʻbek Uroqovich
Choriyeva Asila Xabibullo qizi Pedagogika va sanʼat fakulteti,

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi kafedrasi

Surxondaryo viloyati Termiz shahar „Hokim stipindiyasi“ sohibi

02.11.2022-yil 1-mavsum

Qodirov Qutluqbek Bekmurodovich
Ergashova Shoxista Anvar qizi Pedagogika va sanʼat fakulteti,

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi kafedrasi

Surxondaryo viloyati Termiz shahar „Hokim stipindiyasi“ sohibi

30.02.2023-yil 2-mavsum

Xaitov Zufar Asroraliyevich
Hayitmurodova Mohigul Ural qizi Pedagogika va sanʼat fakulteti,

Texnologik taʼlim kafedrasi

Surxondaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan „Viloyat hokimi stipendiyasi“ sovrindori

2-mavsum 02.11.2022

Texnologik taʼlim kafedrasi mudiri dots. X.Ch. Dusyarov
Xurramov Jasur Raxmatulla oʻgʻli Pedagogika va sanʼat fakulteti,

Texnologik taʼlim kafedrasi

Surxondaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan „Viloyat hokimi stipendiyasi“ sovrindori

2-mavsum 03.03.2023

Texnologik taʼlim kafedrasi oʻqityuvchisi Sh. Gadaymuratov

Ragʻbatlantitrilgan hodimlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]