Termiziy mahallasi
Qiyofa
Termiziy mahallasi (Afrosiyob koʻchasi 6) — Mirobod tumanidagi mahalla. Afrosiyob, „Oʻzbekiston“, Sharof Rashidov mahallaari bilan chegaradosh. 1993 yil tashkil topgan. Shu yili mahalla hududida imom At-Termiziyning tavalludi nishonlangan va mahallaga uning nomi berilgan. Axolisi 1 mingdan oshiq, asosan ruslar, shuningdek, 15 dan ortiq, millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 3 ta koʻcha, viloyat savdo birlashmasi, tuman ijtimoiy taʼminot boʻlimi, „Nuroniy“ jamgʻarmasi tuman boʻlimi, „Barakat“ firmasi, Zargarlar uyushmasi, „Jemchug“ magazini, restoran, oziq-ovqat dukonlari va boshqalari mavjud. Oʻzbekiston xalq rassomlari Javlon Umarbekov, Yigitali Tursunnazarov, xaykaltarosh Ilxom Jabborov shu mahallada istiqomat qiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.