Kontent qismiga oʻtish

Termoelektron emissiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Termoelektron emissiya, Richardson effekti— oʻtkazgichlar, qattiq va baʼzan suyuq jismlardan issiklik energiyasi taʼsirida elektronlarning vakuum yoki boshqa muxitlarga chikish hodisasi. Bu hodisa vakuumda toza metallar (W, Mo, Ta) dan 2000—2500 K trada va murakkab yarimutkazgichli katodlardan 1000 K trada kuzatiladi. Elektronlar jism sirti (emitter) dan tashqariga chiqishi uchun jism chegarasidagi potensial toʻsiqni yengishi zarur; past tralarda bu toʻsiqni yenga olmaydi. Metall qizdirilganda elektronlarning kinetik energiyasi ortib, sirtdan oʻtib, sirt atrofida fazoviy zaryad hosil qiladi. Fazoviy zaryadning elektr maydoni Termoelektron emissiya jarayonini susaytiradi. Buning oldini olish uchun fazoviy zaryaddan maʼlum masofada elektrod (anod)ga musbat potensial berilib, fazoviy zaryad tortib olinadi, yaʼni termoelektron tok hosil qilinadi. Termoelektron tok emitter — katod xossasiga, anod kuchlanishiga va traga bogʻliq. Termoelektron emissiya tokining maksimal toʻyinish qiymatining kuchlanishga bogʻlikligi Chayld — Lengmyur formulasi bilan ifodalanadi. Termoelektron emissiya koʻpgina elektrovakuum asboblar va ion asboblar ishlashining asosi hisoblanadi. Uni dastlab 1900—01 yillarda O.U. Richardson oʻrgangan. Richardson — Deshman formulasi yarimoʻtkazgichli emitterlar uchun ham oʻrinli, ammo bunda Termoelektron emissiya hodisasining mohiyati metallarnikidan farq qiladi. Termoelektron emissiya katodlar ishlab chiqarish, elektrovakuum va gazrazryad qurilmalarning asosini tashkil etadi.


  • Dobretsov L.N., Gomoyunova M.V., Emissionnaya elektronika, M., 1966; Fomenko B.C., Emissionnie svoystva materialov, Kiyev, 1970; Nikonov V.P., Oksidniy katod, M., 1979.