Kontent qismiga oʻtish

Termoregulyatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termoregulyatsiya (termo... va lot. regulo — boshqaraman) — odam va issiq qonli hayvonlar (qushlar va sut emizuvchilar) gavda trasining turgʻunligini taʼminlovchi fiziologik jarayon. Issiklik hosil boʻlishi (organizmda oksidlanish jarayoni yuz berganda) tezligining va teri orqali issiklik chiqarish (terlash va boshqalar)ning oʻzgarishi tufayli amalga oshadi. T. yordamida saqlanib turuvchi trada organizmda sodir boʻladigan moddalar va energiya almashinuvi reaksiyalari uchun optimaddir. Odam va issiq qonli hayvonlar organizmida toʻxtovsiz ravishda issiklik hosil boʻlib, u tashqi muhitga chiqarib turiladi. Biror ish bajarish uchun tirik organizmda hamma vaqt energiya sarf boʻladi va ana shu ish (aniqroq qilib aytganda, uni taʼminlovchi kimyoviy reaksiyalar) oqibatida issiklik ishlab chiqariladi. Muskullar, jigar va buyrak jadal ishlaganda issiklik, ayniqsa, koʻp hosil boʻladi. Odam tinch turganda 70% issiklik ichki aʼzolar, 30% esa tinch holatda tolalari garchand kuchsiz boʻlsada, doimo qisqarib turadigan muskullar hisobiga ishlab chiqariladi. Jismoniy mehnatda issiqlik hosil boʻlishi bir necha marta koʻpayadi va bu jarayonda muskullar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Organizmdan issiklik, asosan, teri orqali, kamroq darajada nafas, siydik va najas bilan ajralib chiqadi.

T. issikliq hosil boʻlishining kuchayishi (pasayishi) yoki issiqlikni berish surʼatining oʻzgarishi hisobiga amalga oshadi. Issiklik ishlab chiqarilishi, asosan, muskullarning ishlashiga qarab oʻzgaradi. Sovuq vaqtida bir joyda tinch turganda qaltirash T.ga misol boʻla oladi. Bunda hech qanday ish bajarilmaganligi uchun butun energiya issiqlikka aylanadi. Kishi sovuqda qaltiraganda issiklik hosil boʻlishi 3 baravar koʻpayishi mumkin. Organizmdan issiklik nurlanishi, issiqlik oʻtishi (tevarakatrofdagi jismlarga tegilganda issiqlik berilishi), teri va oʻpkadan suvning bugʻlanishi va terlash orqali issiqlik chiqadi.

Odamning normal hayot faoliyati bir necha gradus doirasida kechishi mumkin. Gavda xaroratining 36° dan past boʻlishi ham, 40—4G dan yuqori boʻlishi ham organizm uchun xatarlidir.

Issiqlik gʻosil boʻlishi bilan uning ajratilishi urtasidagi zarur balans markaziy nerv sistemasi yordamida boshqarib turiladi.

T. markazlari gavda trasining doimiyligini saqlab turuvchi juda koʻp va murakkab jarayonlarning borishi hamda koordinatsiyasini taʼminlaydi. T. jarayonida markaziy nerv sistemasining nazoratida endokrin sistema katta rol oʻynaydi. Jumladan, kalqonsimon bez gormonlari moddalar almashinuvining jadalligini, binobarin issiklik hosil boʻlishini kuchaytiradi, buyrak usti bezi gormonlari oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi va teri tomirlarini qisqartirib, issiklik ajratilishini kamaytiradi.

Odam termoregulyator mexanizmlariga ongli ravishda yordam berib, ular ishini osonlashtirish maqsadida mavjud obhavoga moye keladigan kiyimbosh tanlay olish kerak. Bu hayotga endi kelgan, hali T. mexanizmlari takomillashmagan bolalar uchun nihoyatda muhim. Bola organizmining haddan tashqari sovqotishi yoki qizib ketishi katta yoshdagi kishilarga taʼsir etmaydigan tashqi muhit tralarida ham sodir boʻlishi mumkin.