Kontent qismiga oʻtish

Tetis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tetis [yunonlarning dengiz maʼbudasi (Thetis) nomidan] — mezozoykaynozoy boshlarida Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasida mavjud boʻlgan qad. dengiz havzalari sistemasi. "T." termini 19-asrning oxirlarida E. Zyuss tomonidan taklif qilingan. Ilgari T. egallagan oblastlar avstraliyalik paleontolog M.Neyman tomonidan Markaziy Oʻrta dengiz deb atalgan. Natijada "T." termini oʻsha regionning paleozoy okeanida Paleotetis nomi bilan tarqalgan. Neogenda T. oʻrnida Alp—Himolay togʻ mintaqasi vujudga kelgan. Paleogenneogen dengizlari — mezozoy T.ining qoldiqlari Paratetis; uning relikti hozirgi zamon Oʻrta, Qora va Kaspiy dengizlari va Fors qoʻltigʻidir.