Tetris effekti
Tetris effekti (shuningdek, Tetris sindromi) insonlarning bir faoliyatga nisbatan koʻp vaqt va eʼtiborlarini bagʻishlaganlarida paydo boʻladi, bu ularning fikrlari, xayoliy tasvirlar va tushlarini shakllantira boshlaydi[1]. Bu effekt nomi Tetris videooʻyinidan kelib chiqqan[1].
Uzoq vaqt davomida Tetris o‘ynagan insonlar real hayotdagi turli shakllar, masalan, supermarket javonidagi qutilar yoki ko‘chadagi binolarni bir-biriga mos keltirish haqida o‘ylashlari oʻylay boshlaydilar[1].
Misollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tetris effekti boshqa videooʻyinlar bilan ham sodir boʻlishi mumkin. Shuningdek, bu effekt video boʻlmagan oʻyinlarda, masalan, jumboqni bajargandan soʻng egri chiziqlar illyuziyasi, shaxmat taxtasining kataklari (yoki bogʻliq boʻlmagan narsalar yoki hodisalarda shaxmat donalarini tasavvur qilish) yoki beixtiyor aqliy vizualizatsiya kabi oʻyinlarda ham namoyon boʻladi.
Stickgold (2000) Tetris effektli tasvirni protsessual xotiraga bogʻliq boʻlgan xotiraning alohida shakli ekanligiga oid fikrni oʻrtaga tashlaydi[2]. Tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, anterograd amneziyasi boʻlgan, yangi deklarativ xotiralarni shakllantira olmaydigan odamlar, oʻyinni umuman eslay olmasalar ham, kun davomida Tetris oʻynagandan soʻng, shakllarning tushishini tushlarida koʻrishadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu atama haqida eng qadimgi maʼlumotlardan biri Jeffri Goldsmitning 1994-yil may oyida Wired jurnalida chop etilgan „Bu sizning Tetrisdagi miyangiz“ maqolasida uchraydi.
2018-yilda bu atama Enhance tomonidan PlayStation 4 da yangi Tetris effekti nomi bilan eʼlon qilindi[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Avtomatiklik
- Domino effekti
- Miyaga oʻrnashib qoladigan kuy
- Fiksatsiya (psixologiya)
- Magistral gipnoz
- Neyroplastiklik
- Tetromino
- Videooʻyinlarga qaramlik
- Fantom tebranish sindromi
- Derealizatsiya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Earling. „Do Computer Games Fry Your Brain?“. Philadelphia City Paper (1996-yil 21-mart). 2008-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-yanvar.
- ↑ Stickgold, Robert; Malia, April; Maguire, Denise; Roddenberry, David; O'Connor, Margaret (2000-10-13). "Replaying the Game: Hypnagogic Images in Normals and Amnesics". Science 290 (5490): 350–353. doi:10.1126/science.290.5490.350. ISSN 0036-8075. PMID 11030656.
- ↑ Fagan. „This gorgeous new Tetris game is inspired by science to entrance you for hours“. Business Insider (2018-yil 7-iyun). Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tetris orzulari — Scientific American jurnali, 2000 yil oktyabr
- Oʻyinni uzatish hodisalari