Texnik shartlar
Texnik shartlar — sanoat korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot (buyum, mashina va boshqalar) uchun tuziladigan texnik hujjatlar toʻplamiga kiruvchi hujjat. Unda oʻsha mahsulotga qoʻyiladigan texnik talablar, uni qabul qilish va joʻnatish qoidalari, nazorat qilish usullari, tashish, foydalanish va saqlash shartlari koʻrsatiladi. Texnik talablar mahsulotning asosiy koʻrsatkichlari, oʻlchamlari, xossalari va foydalanish tafeilotlari, sifat koʻrsatkichlari, butliligi va boshqalarni belgilaydi. Qabul qilish va joʻnatish qoidalar i da maxsulotni tayyorlagan korxona uni buyurtmachiga (yoki sotishga) topshirishi va buyurtmachi (yoki xaridor) ning uni qabul qilib olishi paytida mahsulotni sinash tartibi va shartlari oʻz aksini topadi. Nazorat qilish (sinash, analiz qilish, oʻlchash va boshqalar) boʻlimida mahsulotning barcha koʻrsatkichlari va tafeilotlarini aniqlash usullari; namunalarni tanlab olish, sinash jihozlari, asboblari, ashyolari va reaktivlarni tanlash qoidalari; sinovlar, analiz qilish, oʻlchash va natijalarni ishlashga tayerlanish va ularni bajarish uslubiyati belgilab qoʻyiladi. Mahsulotdan foydalanish, uni tashish va saqlash boʻlimida maxsulotni yigʻish, oʻrnatish va qoʻllashga doir koʻrsatmalar, uni idishga joylash (oʻrash) va tashish kridalari; saqlash joyi, shartlari va muddatiga doir koʻrsatmalar boʻladi. Texnik shartlarning alohida mahsulot (buyum) yoki bir necha turdagi mahsulot (mahsulotlar guruhi) ga doir (guruhiy Texnik shartlar) turlari boʻladi. Texnik shartlar muayyan standartlar boʻyicha ishlab chiqiladi. Texnik shartlarlar maxsulotni ishlab chiqargan korxonada tuziladi. Oʻzbekistonda Texnik shartlarni nazorat qilishga doir masalalar bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi (yana qarang Standart, Standartlash).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |