Kontent qismiga oʻtish

Texnokratiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Texnokratiya (yun. techne sanʼat, hunar, mahorat va ...kratiya) — 1) ijtimoiy tafakkurdagi oqim, unga koʻra, jamiyat butunlay ilmiy-texnika tafakkuri prinsiplari bilan boshqarilishi mumkin; texniklar, muhandislar va olimlar (texnokratlar) ilmiy-texnika tafakkurining namoyandalari boʻlib, korxonalar va umuman jamiyatdagi barcha hokimiyat tadbirkorlar va siyosatchilardan ularga utishi kerak. Texnokratik konsepsiyalar hozirgi ijtimoiy ishlab chiqarish.da fan va mutaxassislar mavqeining oshib borayotganligini aks ettiradi. T.ning barcha koʻrinishlariga xos boʻlgan belgi ijtimoiy jarayonlarni texnika va boshqa tor ixtisoslashgan mezonlar asosida boshqarishga eʼtiborni kuchaytirib, siyosatning qadriyatlietik oʻlchovlariga kam ahamiyat berishdir; 2) monopoliyalashtirilgan ishlab chiqarish. va davlat apparatining yuqori mulozimlari — mutaxassislar qatlamini bildiradi; 3) 20-asrning 30-yillarida AQShda vujudga kelgan ijtimoiy harakat. U milliy miqyosda ishlab chiqarish.ni ilmiy rejalashtirish natijasida sanoat toʻntarishi yordami bilan umumiy farovonlikka erishishni maqsad qilib qoʻygan (rahbarlari G. Loeb, G. Skot). Harakat 40-yillar boshida barbod boʻlgan.