Kontent qismiga oʻtish

Texnooptimizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Texnooptimizm — bu dunyoqarash va hayotiy pozitsiya majmui boʻlib, unga koʻra, ilgʻor ijtimoiy rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etishda texnik muvaffaqiyat va ilmiy-texnika taraqqiyotiga birlamchi ahamiyat qaratiladi[1].

Texnooptimizm nuqtai nazaridan qaralganda ishlab chiqarishning texnik vositalari (mashinalar, mexanizmlar, kompyuterlar, innovatsion texnologiyalar va boshqalar), shuningdek, ilmiy-texnik bilimlar ijtimoiy hayotning turli tomonlarini, tabiati va yoʻnalishini belgilaydigan hal qiluvchi omil hisoblanadi.

XIX-asr oxiri — XX-asr boshlarida zamonaviy ilmiy fantastika gullab-yashnadi. Bu vaqtda texno-optimistik fikrlashning dastlabki belgilari paydo boʻldi: telegraf, dinamit va samolyotlar (keyinchalik kino va televidenie) (baʼzan hatto ularning ixtirochilari tomonidan) urushni tugatuvchi vositalar sifatida eʼlon qilindi. Birinchi jahon urushi barcha optimistlar tushkunlikka tushishlariga sabab boʻldi, ammo texnooptimistik kayfiyat tez orada qayta tiklandi[2].

Texnooptimizm intellektual yoʻnalish sifatida 1960-yillarda, urushdan keyingi voqealar jamoat tartibini tiklash, rivojlanish va farovonlikka intilish, umumiy inson manfaatlariga erishish kabi yangi milliy va global vazifalarni qoʻyishga zamin yaratgan paytda paydo boʻldi[3].

SSSRda taʼlim tizimi, siyosat va mafkuraning ilmiy bilimlarni ishlab chiqarishga taʼsiri, ilmiy-texnik bilimlarni madaniy muhitda tarqatish tufayli texnooptimizm ildiz otgan.

Texnooptimizmga qarama-qarshi hodisa — texnopessimizm mavjud. Uning izdoshlari, optimistik nuqtai nazardan qaraydigan zamonaviy texnologiyalarning aksariyati insoniyatga zarar yetkazishi, eng yomoni esa, yoʻq qilishiga ishonishadi. Pessimistlarning fikricha, yangi texnologiyalarni izlash kutilmagan oqibatlar va xavf-xatarlarga olib kelishi mumkin[4].|Nicholas Agar}}Nikolas Agar The Huffington Post gazetasida chop etilgan maqolasida shunday degan:

„Menimcha, bu texnooptimizm notoʻgʻri. Bu boylikni oshirish uchun texnologik taraqqiyotning kuchini juda oshirib yuboradi. Koʻpgina yangi texnologiyalar ularni qoʻlga kiritgan yoki tajribaga ega boʻlgan odamlarga katta foyda keltirishi haqiqat deb faraz qiling. Shaxslar farovonligini oshirish butun jamiyatga uzoq muddatli taʼsir koʻrsatadi, deb adashayapmiz. Baxtli odamlar baxtli jamiyatni yaratishi shart emas.“[5].

  1. „Ponyatie futurologii. Texnooptimizm i texnopessimizm. Globalnie problemi i alternativistika — Sotsialnoe prognozirovanie i proektirovanie | iFREEstore“. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  2. Techno-Optimism: The World’s Transformation Since the Industrial Revolution, https://www.utne.com/science-and-technology/techno-optimism-ze0z1502zdeh
  3. Bichkova O., Zemnuxova L., Rudenko N. Tsifrovoy ad, texnologicheskiy ray ili nechto sovershenno inoe: kakie texnologii opredelyayut buduщee chelovechestva. // NOJ, 23-oktabrya 2018. https://knife.media/tech-changes
  4. Techno-Optimist or Techno-Pessimist?, https://frankdiana.net/2016/10/10/techno-optimist-or-techno-pessimist/
  5. „Why Techno-Optimism Is Dangerous“, The Huffington Post, https://www.huffingtonpost.com/nicholas-agar/techno-optimism-dangerous_b_7746682.html