Kontent qismiga oʻtish

Taylor Swift

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Teylor Sviftdan yoʻnaltirildi)
Taylor Swift
Swift 2023-yilda
Swift 2023-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Taylor Alison Swift
13-dekabr 1989-yil (1989-12-13) (34 yosh)
Janrlar
Kasbi
Faoliyat yillari 2004 – hozirgacha
Leybllar
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Amplua
Mukofotlari Toʻliq roʻyxat
Veb-sayt taylorswift.com
Imzosi

Taylor Alison Swift (talaffuzi: Teylor Elison Svift; 1989-yil 13-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi[2], qoʻshiqnavis va aktrisadir. Pennsilvaniyaning West Reading shahrida tugʻilib[5], Wyomissing shahrida oʻsgan. Swift oʻn toʻrt yoshida kantri-qoʻshiqchi boʻlish uchun Tennesseening Nashville shahriga koʻchgan. U Big Machine Records mustaqil studiyasi bilan shartnoma imzolab, Sony/ATV Music yollagan eng yosh qoʻshiqnavisga aylangan. Swiftning 2006-yilda eponimik debyut albomi chiqishi uni yoʻlga tushgan kantri-yulduziga aylantirgan. Albomga kiritilgan „Our Song“ qoʻshigʻi Swiftni Hot Country Songs chartida birinchilikni olgan eng yosh qoʻshiqnavis va ijrochiga aylantirgan. 2008-yilda „Eng yaxshi yangi artist“ nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.

Swiftning ikkinchi albomi – Fearless 2008-yilda chiqarilgan. „Love Story“ va „You Belong with Me“ singllarining pop krossover muvaffaqiyati bilan koʻtarilgan Fearless 2009-yilda eng koʻp sotilgan albom boʻlgan va miqyosli turnelar bilan dastaklangan. Albom 52-Grammy taqdirlash marosimida toʻrtta mukofot olib, Swiftni Yil albomi mukofotiga loyiq koʻrilgan eng yosh ijodkorga aylantirgan. Swiftning uchinchi albomi boʻlmish Speak Now 2010-yilda eʼlon qilingan. Albom AQShda birinchi haftadayoq bir milliondan ortiq nusxada sotilib, Speak Now World Tour konsertlari bilan dastaklangan. Albomning uchinchi singli – „Mean“ ikkita Grammy mukofoti bilan taqdirlangan. Swiftning toʻrtinchi Red nomli toʻrtinchi albomi 2012-yilda omma eʼtiboriga taqdim etilgan. Albom AQShda birinchi haftada 1,2 million nusxada sotilib, Swiftni birinchi haftada eng koʻp albom sotgan ayol ijrochiga aylantirgan. Albomning „We Are Never Ever Getting Back Together“ va „I Knew You Were Trouble“ singllari umumjahon boʻylab hit boʻlgan.

Swift qoʻshiqlarida oʻzining oʻsmirlik va ulgʻaygan hayotidagi tajribalari haqida kuylaydi. Qoʻshiqnavis sifatida u Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan izzatlanadi. Swiftning boshqa yutuqlariga 12 ta Grammy, 40 ta Billboard Music Awards, 40 ta American Music Award va 23 ta MTV Video Music Award mukofotlari kiradi. U dunyo boʻylab 26 milliondan oshiq albom va 75 milliondan ortiq raqamli singl sotgan. Forbes jurnaliga binoan uning boyligi $1,1 milliardga baholanadi[6][7]. Musiqa faoliyatidan tashqari, Swift Valentine's Day (2010) va The Lorax (2012) filmlarida ishtirok etgan. Filantrop sifatida Swift sanʼat taʼlimi, bolalar savodxonligi, tabiiy ofatlarda yordam, LGBT huquqlari va kasal bolalarga xayriyalarda qatnashadi.

Swiftning bolaligi oʻtgan uy.

Taylor Alison Swift 1989-yil 13-dekabrda AQShning Pennsilvaniya shtatidagi West Reading shahrida tavallud topgan[8][9]. Otasi Scott Kingsley Swift birja brokeri sifatida „Merrill Lynch“ shirkatida ishlagan. Onasi Andrea Gardner Swift (qizlik familiyasi Finlay) marketing boʻyicha menejer boʻlgan[10]. Ota-onasi unga qoʻshiqchi James Taylor sharafiga „Taylor“ deb ism qoʻyishgan[11]. Taylorning Austin ismli ukasi ham bor[12]. Taylor kelib chiqishiga koʻra shotland, olmon va italyan millatiga mansub ajdodlarga ega[13].

Swift „Reputation Stadium“ konsert safari davomida (2018).

Swift 12 karra Grammy,[14] 1 karra Emmy,[15] 40 karra American Music Award,[16] 39 karra Billboard Music Award,[17] 23 karra MTV Video Music Award,[18] 12 karra Country Music Association Award,[19] 8 karra Academy of Country Music Award[20] hamda 2 karra Brit[21] sovrindoridir. Shuningdek, 118 marta Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan[22]. Qoʻshiqnavis oʻlaroq Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi[23][24] va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan eʼtirof etilgan. 2015-yilda Rolling Stone jurnali tuzgan „Tarixdagi 100 eng yaxshi qoʻshiqnavis“ roʻyxatidan oʻrin olgan[25][26]. 2016-yilda BMI taqdirlash marosimida „Taylor Swift“ mukofoti sovrindori boʻlgan va oʻzining ismi bilan atalgan mukofot bilan taqdirlangan birinchi ayolga aylangan[27].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Taylor Swift „Speak Now“ turnesida (Sidney, Avstraliya, 2012-yil 9-mart).
  • Fearless Tour (2009–2010)
  • Speak Now World Tour (2011–2012)
  • The Red Tour (2013–2014)
  • The 1989 World Tour (2015)
  • Reputation Stadium Tour (2018)
  • The Eras Tour (2023–2024)

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nom[28] Rol
2009 Jonas Brothers: The 3D Concert Experience Oʻzi
Hannah Montana: The Movie
2010 Valentine's Day Felicia Miller
2012 The Lorax Audrey
2014 The Giver Rosemary
2015 The 1989 World Tour Live Oʻzi
2018 Taylor Swift: Reputation Stadium Tour
2019 Bluebird
Cats Bombalurina
2020 Miss Americana Oʻzi
Taylor Swift: City of Lover
Folklore: The Long Pond Studio Sessions
2021 All Too Well: The Short Film Oʻzi
2022 Amsterdam Liz Meekins
2023 Taylor Swift: The Eras Tour Oʻzi
Nom[29] Yil Rol
Good Morning America 2006; 2008; 2012; 2014; 2019–2021 Oʻzi
Once Upon a Prom 2008
2008 MTV Video Music Awards 2008
CMT Crossroads 2008
The Ellen DeGeneres Show 2008–2012; 2014; 2019
CSI: Crime Scene Investigation 2009 Haley Jones
2009 MTV Movie Awards[30] Maktab oʻquvchisi
Late Night with Jimmy Fallon Oʻzi
Saturday Night Live
Journey to Fearless 2010
Take Two with Phineas and Ferb 2011
2011 CMT Music Awards
Punk’d 2012
20/20
VH1 Storytellers
The Jonathan Ross Show
The GRAMMY Nominations Concert Live
60 Minutes 2012–2013
Alan Carr: Chatty Man 2012; 2014
New Girl 2013 Elaine
CBS This Morning 2013–2014 Oʻzi
The Voice 2013–2014; 2019
Saturday Night Live 2014; 2017; 2019; 2021; 2023
Late Night With Seth Meyers 2014; 2021
The View 2014
The Talk 2014
Jimmy Kimmel Live! 2014; 2020
Barbara Walters' 10 Most Fascinating People 2014
The Graham Norton Show 2013–2014; 2019; 2022
The Tonight Show Starring Jimmy Fallon 2014–2015; 2019; 2021–2022
Saturday Night Live 40th Anniversary Special 2015 Oʻzi/Alison
The Tonight Show Starring Jimmy Fallon 2017 Oʻzi
2019 NFL Draft 2019
CBS News Sunday Morning
Kids Say the Darndest Things
Strictly Come Dancing
The Today Show
The Late Late Show with James Corden
One World: Together at Home 2020
Dear Class of 2020
Selena + Chef
The Late Show with Stephen Colbert
Impact x Nightline 2022
2023
Dancing with the Stars
  1. Wilson, Benji. „Taylor Swift – the meteoric rise of pop's brightest new star“. Daily Mail. London: Associated Newspapers Ltd (25-oktyabr, 2009). 2-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-oktyabr, 2009.
  2. 2,0 2,1 Leahey, Andrew; Frye, Megan. „(((Taylor Swift > Obzor)))“. Allmusic. Rovi Corporation. Qaraldi: 25-oktyabr, 2009.
  3. „Taylor Swift, Billboard's Best-Selling Artist of 2008, Announces 'Fearless 2009' Headlining Tour“. Big Machine Records (30-yanvar, 2009). 6-iyun 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar, 2009. (Wayback Machine saytida 6-iyun 2009-yil sanasida arxivlangan)
  4. „Taylor Swift... The Interview!“. BBC Radio One (17-fevral, 2009). 7-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral, 2009.
  5. Widdicombe, Lizzie. „You Belong With Me“ (10-oktyabr, 2011). 8-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-oktyabr.
  6. Dellatto, Marisa (October 27, 2023). „Taylor Swift's New Era: The Pop Star Becomes A Billionaire“. Forbes. Qaraldi: October 29, 2023.
  7. Pendleton, Devon; Ballentine, Claire; Patino, Marie; Whiteaker, Chloe; Li, Diana. „Taylor Swift Vaults Into Billionaire Ranks With Blockbuster Eras Tour“. Bloomberg News (2023-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
  8. „Taylor Swift: The record-breaking artist in numbers“. CBBC Newsround. 8-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
  9. Sutherland, Mark. „Taylor Swift interview: 'A relationship? No one's going to sign up for this'“. The Telegraph (23-may 2015-yil). 29-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
  10. Jepson, Louisa. Taylor Swift. Simon & Schuster, 2013 — 1-bet. ISBN 978-1-4711-3087-8. Qaraldi: 16-avgust 2016-yil.  (Wayback Machine saytida 29-iyul 2017-yil sanasida arxivlangan)
  11. Scott, Walter (11-iyun 2015-yil). „What Famous Pop Star Is Named After James Taylor?“. Parade. 15-oktyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-dekabr 2018-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () (Wayback Machine saytida 15-oktyabr 2016-yil sanasida arxivlangan)
  12. Roth, Madeline. „Taylor Swift's Brother Had The Most Epic Graduation Weekend Ever“. MTV News (19-may 2015-yil). 23-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2016-yil.
  13. „Taylor Swift tells Scotland: 'I am one of you'“. The Independent (24-iyun 2015-yil). 31-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  14. „Taylor Swift“. The Recording Academy. 12-avgust, 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2016-yil. (Wayback Machine saytida 12-avgust 2016-yil sanasida arxivlangan)
  15. Friedlander, Whitney. „Taylor Swift, Jimmy Fallon Among Juried Emmy Award Winners“. Variety (10-sentyabr, 2015). 15-sentyabr, 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust, 2016.
  16. „American Music Awards 2019: Taylor Swift takes artist of the decade in record-breaking haul“ (25-noyabr 2019-yil). 7-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2019-yil.
  17. Grein, Paul (23-aprel 2019-yil). „Taylor Swift Leads the Top Billboard Music Award Winners of All Time“. Billboard. 24-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-dekabr 2019-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  18. Blistein, Jon; Guglielmi, Jodi (September 13, 2023). „Taylor Swift Makes History at 2023 VMAs“. Rolling Stone. September 13, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 13, 2023.
  19. Lewis, Randy „Taylor Swift to receive rare Pinnacle Award at CMA Awards Nov. 6“. Los Angeles Times (4-noyabr 2013-yil). 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
  20. „Taylor Swift Nashville Tickets“. Excite. 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. (Wayback Machine saytida 3-fevral 2015-yil sanasida arxivlangan)
  21. Jonze, Tim „Taylor Swift wins international female solo artist at Brit awards 2015“. The Guardian (25-fevral 2015-yil). 1-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2015-yil. (Wayback Machine saytida 1-yanvar 2016-yil sanasida arxivlangan)
  22. Stephenson, Kristen „Taylor Swift breaks 24 hour streaming record on Spotify for 8th album folklore“. Guinness rekordlari (29-iyul 2020-yil). 2020-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
  23. „Taylor Swift Youngest Winner of Songwriter/Artist Award“. en:Great American Country (16-oktyabr 2007-yil). 17-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. (Archive.is saytida 17-mart 2015-yil sanasida arxivlangan)
  24. Shelburne, Craig „Taylor Swift Named NSAI's Songwriter-Artist of the Year“. CMT (18-oktyabr 2010-yil). 14-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. (Wayback Machine saytida 14-mart 2014-yil sanasida arxivlangan)
  25. „Songwriters Hall of Fame“. Songwriters Hall of Fame. 29-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. (Wayback Machine saytida 29-noyabr 2014-yil sanasida arxivlangan)
  26. „Bob Dylan – 100 Greatest Songwriters of All Time“. Rolling Stone. 2-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2017-yil. (Wayback Machine saytida 2-sentyabr 2017-yil sanasida arxivlangan)
  27. Polanco, Luis „Taylor Swift to Receive First-Ever Taylor Swift Award From BMI“. Billboard (5-aprel 2016-yil). 2016-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2020-yil.
  28. „Taylor Swift“. Rotten Tomatoes. 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-avgust.
  29. „Taylor Swift“. Rotten Tomatoes. 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-avgust.
  30. „Andy Samberg Reunites with Justin Timberlake for MTV Movie Awards Montage“. MTV. 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.