Kontent qismiga oʻtish

Our Song

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Our Song“
Taylor Swift qoʻshigʻi
„Taylor Swift“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 10-sentyabr, 2007-yil(2007-09-10)
Studiya
  • Quad
  • Sound Cottage (Nashville)
Janr Country
Davomiyligi 3:22
Leybl Big Machine
Matn muallif(lar)i Taylor Swift
Prodyuser(lar) Nathan Chapman
Taylor Swift singllari xronologiyasi
„Teardrops on My Guitar“
(2007)
Our Song
(2007)
„Picture to Burn“
(2008)
Klipi
„Our Song“ YouTubeda

Our Song“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Taylor Swift (2006) nomli debyut studiyaviy albomiga kiritilgan. 2007-yilning 10-sentabrida albomning uchinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan. Swift qoʻshiqni toʻqqizinchi sinfda oʻqiyotgan chogʻida maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan isteʼdodlar shousi uchun yozgan. „Our Song“ musiqiy jihatdan country janridagi qoʻshiqdir.

„Our Song“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 chartida oʻn oltinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan 4× platina sertifikati bilan taqdirlangan. Shuningdek, Canadian Hot 100 chartida oʻttizinchi pogʻonagacha koʻtarilgan hamda Music Canada tashkiloti tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan.

Qoʻshiq uchun Trey Fanjoy rejissorligida klip suratga olingan. Klip 2007-yilning 24-sentabrida CMT telekanalida premyera qilingan. Bundan tashqari, klip „Yil videosi“ (inglizcha: Video of the Year) nominatsiyasida CMT Music Award bilan taqdirlangan.

Oq libos kiygan Taylor Swift „Speak Now“ turnesida
Swift „Our Song“ qoʻshigʻini ijro etmoqda (2012)
  • Taylor Swift — vokal, qoʻshiqnavis, gitara
  • Nathan Chapman — produser, banjo, akustik gitara, elektrogitara
  • Chuck Ainlay — miksing
  • Chad Carlson — ovoz yozib olish
  • Aaron Chmielewski — ovoz rejissori yordamchisi
  • Greg Lawrence — miksing
  • Bruce Bouton — dobro
  • Nick Buda — dovullar
  • Eric Darken — perkussiya
  • Rob Hajacos — skripka
  • Tim Marks — bas-gitara


  1. "Taylor Swift Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  2. "Taylor Swift Chart History (Canada CHR/Top 40)". Billboard. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  3. "Taylor Swift Chart History (Canada Country)". Billboard. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  4. "Taylor Swift Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  5. "Taylor Swift Chart History (Hot Country Songs)". Billboard. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  6. "Taylor Swift Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  7. „Taylor Swift – Billboard Singles“. AllMusic. 2010-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-dekabr.
  8. „South Korea Gaon International Chart (Week: February 12, 2012 to February 18, 2012)“ (ko). Gaon Music Chart. 2012-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
  9. „Best of 2008 – Hot 100 Songs“. Billboard. June 8, 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 26, 2010.
  10. „Year End Charts – Hot Country Songs – Year-End 2008“. Billboard. July 5, 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 15, 2011.
  11. „Greatest of All Time Hot Country Songs“. Billboard. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.