Kontent qismiga oʻtish

Teyshebaini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TeyshebainiUrartu davlatining yirik markazi (miloddan avvalgi 7—6-asr). Yerevan shahridagi Karmir Blur tepaligida qalʼa xarobalari saqlangan. Mahobatli inshoot qoldiqlari (150 ga yaqin xona — ustaxonalar, omborxonalar, don omborxonalari, vino saqlanadigan yertoʻlalar va boshqalar) aniklangan. Qalʼa atrofida toʻgʻri rejalashtirilgan shahar joylashgan. Teyshebainidan koʻplab qurolaslahalar (jumladan, Urartu shoxlariga tegishli serbezak dubulgʻalar, sadoqlar, qalqrnlar, qilichlar va boshqalar), sanʼat buyumlari, taqinchoqlar, mixxat yozuvlari topilgan. Mil. av. 585-yil teyshebaini mahalliy va skif kabilalari tomonidan vayron etilgan....TEKA (yunoncha, theke — ombor; idish, yashik) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning ikkinchi qismi; bir turdagi narsalarning toʻplamini hamda shu toʻplamlar saqlanadigan bino, xona maʼnolarini bildiradi (masalan, kutubxona, kartoteka, fonoteka, diskoteka kabi).