Kontent qismiga oʻtish

Tezguzar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tezguzar
Qishloq
Mamlakat O‘zbekiston Respublikasi
{{{tuman_turi}}} Shofirkon tumani
Pochta indeks(lar)i 201112

Tezguzar — Buxoro viloyati, Shofirkon tumani hududiga kiruvchi qishloq[1][2]. Qishloq tuman markazidan 5 km shimolda joylashgan.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tezguzar tojikcha soʻz bo‘lib „tez o‘t“ degan maʼnoni bildiradi. Qishloq nomi haqida bir rivoyat bor: chiroyli bir qiz ko‘za ko‘tarib ariqdan suv olgani chiqadi. Shu payt koʻchadan o‘tib ketayotgan yigit qizning xusniga mahliyo boʻlib unga „oshiqat man beqaror“ deb soʻz oʻtadi. Qiz ham shaddodlik qilib „kosa baru zar biyor“ (kosani olib borginda zar tilloga toʻldir) deydi. Yigit kambag‘al bo‘lib bu ishning uddasidan chiqolmasligini aytadi. Shunda qiz „Tez guzar“ (unday bo‘lsa tez o‘tib ket) deb javob beradi. Shundan keyin qishloqqa Tezguzar nomi berilgan. Yana bir rivoyatda qishloqning sharq tomonida atrofi qalin devor bilan oʻralgan Qo‘rg‘oni diz bo‘lgan. Bu qo‘rg‘onga olib boruvchi yo‘l diz guzar deb atalgan. Hozirgi vaqtda tezguzar qishlog‘i oʻsha qo‘rg‘on yo‘lida joylashganligi sababli „Diz guzar“ (diz yoʻlidagi qishloq) deb nomlangani aytiladi. 1926—yilda qishloq hududida birinchi artel tuzilib unga Zarif Jo‘rayev rais etib tayinlangan[3].

Taniqli kishilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda butun respublikaga mashhur bo‘lgan ko‘plab insonlar tavallud topgan. Masalan:

Ibrohim Mo‘minov (7—noyabr, 1908—yil, Tezguzar qishlogʻi, Shofirkon tumani, Buxoro amirligi — 22—iyul, 1974—yil, Toshkent) — falsafa fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi[4].

Muso Mo‘minov — fizika fanlari nomzodi, professor.

Vafo Mo‘minov (1927—yil 12—dekabr, Shofirkon tumani — 1989—yil 11—sentabr, Buxoro) — fizika va matematika fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977).

Arab Mo‘minov — ozodlik harakati yetakchisi. Buxoro davlat pedagogika institutida muallimlik qilgan.

  1. [https://geonames.kadastr.uz/ GEOGRAFIK OBYEKTLAR NOMLARINING DAVLAT REYESTRI)
  2. „Ўзбекистон Республикаси Маъмурий-ҳудудий тузилмаларни (объектларни) белгилаш тизими идоравий статистик таснифлагичи“ (2017-yil 1-sentabr). 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  3. Salim Muxtor, Karim Bobomurod. Shofirkon tarixi. Yozuvchi — 227-bet. 
  4. Jalolov A., Ibroxim Muminov — alloma, arbob va inson // Obщestvennie nauki v Uzbekistane, № 12, 1998, s.35