Thai Dai Van Nguyen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Thai Dai Van Nguyen
Rapport Tata Steel shaxmat turniri 2021-yil
Mamlakat Chexiya
Tavalludi (2001-12-12) 2001-yil 12-dekabr

Praga, Chexiya

Unvon grossmeyster (2018)
FIDEdagi reytingi 2606 (2023-yil sentyabr)
Eng yuqori reytingi 2659 (2023-yil fevral)
Eng yuqori oʻrni 87 (2023-yil fevral)

Thai Dai Van Nguyen (2001-yil 12-dekabrda tug'ilgan) - chexiyalik shaxmat grossmeysteri.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nguyenning otasi asli vetnamlik bo'lgan tadbirkor[1].

2011-yilda Nguyen 10 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o'tkazilgan shaxmat bo‘yicha Chexiya ochiq chempionatida g‘oliblikni qo'lga kiritdi[2]. Shundan so‘ng Dai Van Nguyen 12 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Chexiya shaxmat chempionatida ketma-ket ikki marta g‘olib chiqdi (2012-yil, 2013-yil)[3][4].

2016-yilda Nguyen shaxmat bo'yicha FIDE xalqaro ustasi (IM) unvoniga sazovor bo'ldi[5]. Ikki yildan so'ng FIDE grossmeyster (GM) unvonini sohibiga aylandi[6]. Shunday qilib 2018-yil 16 yoshida Nguyen Chexiyadagi eng yosh shaxmat grossmeysteriga aylandi.

2017-yilda Budapesht shahrida bo'lib o'tgan International Chess Tournaments xalqaro shaxmat turnirlarida ishtirok etdi. Turnir yakuniga ko'ra Nguyen 2 g'alaba va bir durang qayd etgan holda past natijani qayd etdi[7][8].

Nguyen turli yosh toifalarida shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati va shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida muntazam ishtirok etgan. Uning eng yaxshi natija - 2019-yilda Bratislavada Nguyen 18 yoshgacha shaxmatchilar guruhida shaxmat bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi[9].

Nguyen shaxmat bo'yicha 2021-yilgi Chess World Cupda o'ynadi. Turnirning birinchi raundida Adam Kozak ustidan g'alaba qozondi. Ammo Andrey Esipenkoga qarshi kechgan ikkinchi bahsda mag'lub bo'lgach, ketma-ket ikki raundda yana mag'lubiyatga uchradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]