Kontent qismiga oʻtish

The Art of War

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Art of War
Asl nomi 孫子兵法
Muallif(lar) Sunszi
Mamlakat Sun imperiyasi

The Art of War (xitoycha: 孫子兵法) – qadimgi Xitoy harbiy risolasi, Bahor va Kuz davrining oxirlariga (taxminan miloddan avvalgi 5-asr) oid. Qadimgi xitoylik harbiy strateg Sunsziga tegishli 13 bobdan iborat asar. Ularning har biri turli xil urush sanʼati, harbiy strategiya va taktikalariga bagʻishlangan. Deyarli 1500 yil davomida imperator Shenzong Song tomonidan harbiy klassika deb nomlab foydalanilgan antologiyaning asosiy matni boʻlgan. The Art of War Sharqiy Osiyo urushlari tarixidagi eng yaxshi strategiya bitigi deb hisoblanadi[1]. Sharqiy Osiyo va Gʻarb harbiy nazariyasiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shuningdek zamonaviy dunyodagi koʻplab noharbiy harakatlarning qoʻllanmalarida ushbu bitikka ilovalar keltirib oʻtilgan, bular jumlasiga: josuslik[2], madaniyat, siyosat, biznes va sport kabi sohalardagi qoʻllanmalarni misol keltirish mumkin[3][4][5][6]. Kitob 1772-yilda fransuz tiliga tarjima qilingan va fransuz iyezuiti Jan Jozef Mari Amiot tomonidan nashr etilgan. 1782-yilda qayta nashr etilgan. Everard Fergyuson Kaltrop 1905-yilda "The Book of War" nomi ostida ingliz tiliga ushbu kitobni qisman tarjima qilgan. Ingliz tiliga birinchi izohli tarjima 1910-yilda Lionel Giles tomonidan qilinib nashr etilgan[7]. Xitoy kommunistik inqilobchisi Mao Zedong, yaponiyalik Takeda Shingen, vetnamlik general Võ Nguyên Giáp va amerikalik harbiy generallar Douglas MacArthur va Norman Schwarzkopf Jr. kabi harbiy va siyosiy rahbarlar ushbu kitobdan ilhomlanishgan[8].

The Art of War Sunszi („Sunzi“) nomi bilan tanilgan Xitoy harbiy generaliga tegishli[9].

  1. Smith (1999).
  2. McNeilly, Mark R.. Sun Tzu and the Art of Modern Warfare, updated, Oxford: Oxford University Press, 2015 — 301-bet. ISBN 9780199957859. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr. „Sun Tzu is not talking about 'news' here but about espionage affairs, or matters or plans relating to espionage.“ 
  3. Scott, Wilson (7 March 2013), „Obama meets privately with Jewish leaders“, The Washington Post, Washington, D.C., 24 July 2013da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 22 May 2013
  4. „Obama to challenge Israelis on peace“, United Press International, 8 March 2013, 27 November 2022da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 22 May 2013
  5. Garner, Rochelle (16 October 2006), „Oracle's Ellison Uses 'Art of War' in Software Battle With SAP“, Bloomberg, 20 October 2015da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 18 May 2013
  6. Hack, Damon (3 February 2005), „For Patriots' Coach, War Is Decided Before Game“, The New York Times, 18 January 2024da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 18 May 2013
  7. Giles, Lionel The Art of War by Sun Tzu – Special Edition. Special Edition Books. 2007. p. 62.
  8. Hlavatý, Jozef; Ližbetin, Ján (1 January 2021). "The Use of the Art of War Ideas in the Strategic Decision-making of the Company" (en). Transportation Research Procedia. 14th International scientific conference on sustainable, modern and safe transport 55: 1273–1280. doi:10.1016/j.trpro.2021.07.110. ISSN 2352-1465. 
  9. Lewis (1999).