Kontent qismiga oʻtish

The Bucket List

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Bucket List

Teatrlar uchun chiqish posteri
Rejissyor(lar) Rob Reiner
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Justin Zackham
Rollarda
Bastakor(lar) Marc Shaiman
Kinematografiya John Schwartzman
Muharrir(lar) Robert Leighton
Studiya(lar) Castle Rock Entertainment (uncredited)[1]
Distribyutor Warner Bros. Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 97 minutes
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $45 million[1]
Daromadi $175.4 million[1]

The Bucket List – 2007-yilda amerikalik rejissyor va prodyuser Rob Reiner tomonidan suratga olingan komediya-drama filmi. Filmda bosh rollarni Jack Nicholson va Morgan Freeman ijro etgan[2]. Asosiy syujet bedavo kasalga chalingan ikki qariyaning chelakni tepishidan (vafot etishdan) oldin amalga oshirmoqchi boʻlgan orzulari roʻyxatidan iborat. Film senariysi yozuvchi Justin Zackham tomonidan yozilgan.

Filmning premyerasi 2007-yil 15-dekabrda Hollywoodda boʻlib oʻtdi. Film „National Board of Review“ tomonidan 2007-yilning eng yaxshi oʻnta filmidan biri sifatida tanlangan. Film kassa yigʻimlari boʻyicha Qoʻshma Shtatlarda 1-oʻrinni egalladi va butun dunyo boʻylab 175,4 million dollar daromad keltirdi.

  • Jack Nicholson Edward Perriman Cole rolida
  • Morgan Freeman Carter Chambers rolida
  • Sean Hayes Matthew Tomas rolida
  • Beverly Todd Virginia Chambers rolida
  • Rob Morrow doktor Hollins rolida
  • Alfonso Freeman Rojer Chambers rolida
  • Rowena King Angelica rolida
  • Jennifer DeFrancisco Emily Cole rolida
  • Serena Reeder Rachel rolida
  • Annton Berry Jr Kai rolida
  • Verda Bridges Chandra rolida
  • Destiny Brownridge Maya rolida
  • Brian Copeland Lee rolida
  • Ian Anthony Dale Instructor rolida
  • Noel Guglielmi Mechanic rolida
  • Jonathan Hernandez Manny rolida
  • Andrea J. Johnson Elizabeth rolida
  • Jordan Lund Tattoo Artist rolida
  • Jonathan Mangum Richard rolida
  • Taylor Ann Thompson Edwardning nabirasi rolida
  • Karen Maruyama hamshira Shing rolida

Film 2008-yil 11-yanvarda AQSh va Kanadada keng prokatda ochildi va 2911 ta kinoteatrda 3200 ga yaqin ekrandan 19 392 416 dollar yigʻdi, har bir kinoteatr uchun oʻrtacha 6 662 dollar (har bir ekran uchun 6 060 dollar) va kassada 1-oʻrinni egalladi[3]. Xorijda esa 81,906,000 dollar daromad bilan yakunlandi. Daromad butun dunyo boʻylab filmning 45 million dollarlik katta byudjetini osongina qopladi va Warner Bros.ga katta foyda keltirdi [1].