Kontent qismiga oʻtish

The Cure for Insomnia

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Cure for Insomnia
Rejissyor(lar) John Henry Timmis IV
Prodyuser(lar) Joseph Emm Matune
Ssenariynavis(lar) Nickoli Schirripa
Rollarda Lee Groban
Kinematografiya John Henry Timmis IV
Muharrir(lar) Sean Jay Manning
Chiqarilgan sanasi 31-yanvar 1987-yil
Davomiyligi 5220 daqiqa (87 soat)
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha

The Cure for Insomnia (tarjimasi „Uyqusizlikning davosi“) 1987-yilda suratga olingan film. „Eng uzun film“ oʻlaroq Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan[1], ammo ushbu rekord 2006-yilning 23-aprelida Matrjoschka filmi eʼlon qilinishi ortidan yangilangan.

Filmda syujet yoʻq: butun uch yarim kun davomida lenta davom etar ekan, aktyor Lee Groban tomoshabinga oʻzining 4080 betlik „Uyqusizlik davosi“ poemasini oʻqib beradi. Bir necha joylarda hikoya birdan heavy metal janridagi videokliplar bilan toʻxtatilgan.

Film namoyishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Premyera 1987-yilning 31-yanvaridan 3-fevraliga qadar Chikago sanʼat institutida toʻxtovsiz namoyish etilgan[2][3]. U DVD yoki boshqa uy video formatlarida chiqarilmagan va barcha maʼlum nusxalar yoʻqolgan deb hisoblanadi.

  1. „arxiv nusxasi“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2022-yil.
  2. „The Cure for Insomnia (1987) — Trivia“ (2010-yil 13-fevral). 2009-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „The Cure for Insomnia (1987) — Release dates“ (2010-yil 13-fevral). 2007-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan.