The Fire Fighters

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Fire Fighters
Rejissyor(lar) Burt Gillett
Prodyuser(lar) Walt Disney
Studiya(lar) Walt Disney Studios
Distribyutor Columbia Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 20-iyun, 1930-yil(1930-06-20)[1]
Davomiyligi 7 daqiqa 13 soniya
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha

The Fire Fighters („Oʻt oʻchiruvchilar“) — Mickey Mouse haqidagi oʻn toʻqqizinchi qisqa hajmli animatsion film. Oq-qora, komediya janridagi film. Premyerasi 1930-yil 25-iyunda AQShda boʻlib oʻtgan[2]. Multfilm Columbia Pictures bilan shartnoma asosida yaratilgan[3]. Tanqidchilar multfilmning komediya geglarini Chaplinning „Oʻt oʻchiruvchi“ filmiga qiyoslaganlar va ovozli kinoning dastlabki davri uchun qiziqarli musiqiy hamrohlikni qayd etganlar[4].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻt oʻchiruvchilar guruhi, yaqin atrofdagi qishloqda yongʻin boshlangani haqidagi signal olinmaguncha, tinch uxlashardi. Brigada boshligʻi Mikki boshchiligidagi qutqaruvchilar tezda formalarini kiyib, voqea joyiga yaʼni yonayotgan koʻp qavatli bino yoniga yetib borishadi. Binoda yashovchi aholi zudlik bilan yonayotgan binoni tark etayotgandi. Oʻt oʻchiruvchilar yetib kelgach, suv yoʻqligi maʼlum boʻlgan va oʻzlari suv omboridan suv tashishgan. Koʻp oʻtmay, yonayotgan uyda faqat Minni qolgan, u derazadan tashqariga chiqib, qichqirgan. Mikki uni qutqarish uchun qoʻshni uyning yongʻin zinapoyasiga chiqib, Minni yoniga sim orqali yetib borib uni qutqargan. Minni minnatdorchilik sifatida Mikkini oʻpadi.

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kaufman, J.B.; Gerstein, David. Walt Disney's Mickey Mouse: The Ultimate History. Cologne: Taschen, 2018 — 63 bet. ISBN 978-3-8365-5284-4. 
  2. Smith 1998.
  3. Barrier 2003.
  4. Goldmark 2011.