Kontent qismiga oʻtish

The Long and Winding Road

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„The Long and Winding Road“
The Beatles qoʻshigʻi
„Let It Be“ albomidan
B tomon „For You Blue“
Chiqarilgan sanasi 11-may 1970-yil
Yozib olingan 26-yanvar 1969-yil; 1-aprel 1970-yil
Studiya Apple va EMI, London
Janr Pop,[1] rok[2]
Davomiyligi 3:40
Leybl Apple
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar) Phil Spector
The Beatles (AQSh) xronologiyasi
„Let It Be“
(1970)
The Long and Winding Road
(1970)
„Got to Get You into My Life“
(1976)

The Long and Winding Road“ (tarjimasi „Uzun va egri-bugri yoʻl“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1970-yil guruhning „Let It Be“ nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiqni Paul McCartney yozgan va ijro etgan, ammo muallif oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan. 1970-yilning mayida, yaʼni „The Beatles“ parchalanib ketganidan keyin bir oy oʻtib singl oʻlaroq chiqarilgan qoʻshiq guruhning AQShda „Billboard Hot 100“ xit-paradida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan 20-hamda yakuniy kompozitsiyasidir.

Qoʻshiqning yakuniy versiyasi 1969-yilning yanvarida yozib olingan. Mazkur versiya oz aranjirovka qilingan. Prodyuser Phil Spector ushbu sessiyalar chogʻida yozib olingan kassetalardan yakuniy versiyasini hozirlayotib taronaga orekstr partiyasini qoʻshgan hamda naqoratlarni qoʻshimcha vokallar bilan bezagan. Spector qilgan oʻzgarishlar McCartneyni gʻazablantirgan. Xonanda „The Beatles“ tarqalgani borasidagi murojaatini Angliya yuqori sudiga topshirayotganida „The Long and Winding Road“ qoʻshigʻi uning roziligisiz oʻzgartirilganini guruh parchalanishiga turtki boʻlgan olti sababning biri oʻlaroq koʻrsatgan. Keyinchalik McCartney va guruh taronaning soddaroq versiyalarini eʼlon qilgan.

McCartneyga qoʻshiqni yozish fikri Shotlandiyadagi Campbeltown shahridagi koʻchmas mulkiga ilk marotaba borganida kelgan[3]. „High Park Farm“ nomi berilgan mulkni u 1966-yilda xarid qilgan boʻlgan[4]. „Uzun va egri-bugri yoʻl“ jumlasini xonanda Shotlandiya koʻrgan yoʻl va togʻlardan ilhomlanib yozilgan[3]. McCartneyga qoʻshiqni 1968-yil oʻz fermasida, „The Beatles“ guruhi aʼzolari oʻrtasida tanglik yuzaga kelgan bir paytda yozgan[5].

  1. Wright, Carole Ann „The Records, Day Four: 1968–1969" > "Let It Be“. PopMatters (11-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2022-yil.
  2. Wyman, Bill „All 213 Beatles Songs, Ranked from Worst to Best“ (inglizcha). Vulture (7-iyun 2017-yil). 18-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-dekabr 2018-yil.
  3. 3,0 3,1 Sounes 2010, s. 181.
  4. Miles 2001, s. 234.
  5. Merritt, Mike. „Truth behind ballad that split Beatles“ (16-noyabr 2003-yil). 27-aprel 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.