Kontent qismiga oʻtish

The Night Café

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tungi kafe
Rassom Vinsent van Gog
Yil 1888-yil
Katalog
  • F463
  • JH1575
Material Moyboʻyoq
Oʻlchami 72.4 sm × 92.1 sm (28.5 in × 36.3 in)
Joylashuvi Yale universiteti sanʼat galereyasi, New Haven (Connecticut)


„The Night Café“ (fransuzcha: Le Café de nuit) – 1888-yil sentyabrda gollandiyalik rassom Vinsent van Gog tomonidan yaratilgan moyboʻyoqda ishlangan asar. Asar nomi pastki oʻng burchakda imzo ostida yozilgan. Ushbu asar hozirda Yale universitetiga tegishli boʻlib, Yale universiteti sanʼat galereyasida New Haven (Connecticut)da saqlanadi.

„Café de la Gare“ kafesi tasvirlangan. Bu kafeni Joze-Mishel Jinyo va uning rafiqasi Mari boshqarishgan. Ular 1888-yil noyabrda Vinsent van Gog va Paul Gauguinning „Arlésienne“ asari uchun modellar boʻlib turishgan. Keyinroq, Joze Jinyo har ikkala rassom uchun modellar sifatida suratga tushgan.

Asar oʻlchami 30 (Fransuz standarti) boʻlgan. Rasmda kafening ichki qismi tasvirlangan, markaziy orqa tomonda yarim yopiq eshik koʻrsatilgan boʻlib, u ehtimol, xususiy xona yoki joylarga olib boradi. Beshta mijoz devor boʻylab oʻng va chap tomonda joylashgan stollarda oʻtiribdi, Jinyo (xona egasi) esa oʻrtada, biljard stoli yonida turibdi, u tomoshabin tomonga qaragan.

Sahnadagi beshta mijoz „uchta mast va tashlandiq odamlar katta umumiy xonada uxlab yoki hushidan ketgan holatda tasvirlangan“ deb taʼriflangan[1][2].

Juda qarama-qarshi va jonli ranglarda tasvirlangan, shift yashil, yuqori devorlar qizil, yorugʻ shiftda lampalar, pol esa asosan sariq rangda. Boʻyoq qalin surtilgan, xonaning koʻplab chiziqlari orqa tomondagi eshik tomon yoʻnaltirilgan [1].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Van Gogning ukasi Teoga yozgan xatida, u shunday hazil qilgan: „Jinyo mendan juda koʻp pul oldi, shuning uchun kafeni chizish orqali undan qasos olishni oʻyladim“[1] [3]. 1888-yil sentabrining dastlabki kunlarida, Van Gogh uch kun davomida tunda suratni chizib kunduzi esa uxlagan[4]. Van Gogning Café Terrace at Night asari, unda koʻcha manzarasi, ochiq stollar va tungi osmon tasvirlangan, taxminan shu vaqt oraligʻida Arlesda chizilgan. Bu kartinada boshqa kafeni tasvirlaydi, u kattaroq va Place du Forumda joylashgan edi[1].

Van Gogh rasmni Ginoux bilan qarzlarini toʻlash uchun chizgan, unda Ginouxning tasviri (turib) aks etgan deb aytiladi[2]. Avvaliga Moskvadagi Ivan Morozov ismli ishbilarmonning kolleksiyasining bir qismi boʻlgan rasm, 1930-yillarda Sovet hukumatlari tomonidan milliylashtirilgan va sotilgan. Rasm oxir-oqibat Stephen Carlton Clark tomonidan xarid qilindi va u rasmni Yale universiteti sanʼat galereyasiga meros qilib qoldirdi [5] [6] [7] [8].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Harris, Nathaniel: The Masterworks of Van Gogh, pp 167-168. Godalming, Surrey, Buyuk Britaniya: Colour Library Direct, 1999.
  2. 2,0 2,1 Shestack, Alan, tahrirchi, Yale University Art Gallery Selections, „Vinsent van Gog“, pp 68-69, Antonia Lant („AL“). Nyu-Xeyven: Yale University Art Gallery
  3. Letter [ (http://webexhibits.org/vangogh/letter/18/518.htm)http://webexhibits.org/vangogh/letter/18/518.htm 518]
  4. Letter [ (http://webexhibits.org/vangogh/letter/18/533.htm)http://webexhibits.org/vangogh/letter/18/533.htm 533]
  5. Drazen, Brad; Gendreau, LeAnne „Yale: Hands Off the Van Gogh“. NBC Connecticut (2009-yil 26-mart). 2017-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-may.
  6. Caplan-Bricker, Nora. „Yale moves to drop museum suits“. Yale Daily News (2009-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 4-mart.
  7. Stohr, Greg „Yale Can Keep Van Gogh Masterpiece as Supreme Court Rejects Appeal“. Bloomberg (2016-yil 28-mart). Qaraldi: 2018-yil 24-may.
  8. „The Night Café – Indie pop upstarts from Liverpool“. IINAG. Qaraldi: 2019-yil 23-avgust.