Kontent qismiga oʻtish

The Secret

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(The Secret 2006 (film)dan yoʻnaltirildi)
The Secret
Rejissyor(lar) Drew Heriot
Prodyuser(lar) Paul Harrington
Rhonda Byrne
Hikoya Rhonda Byrne
Kinematografiya John Hall
Noel Jones
Matt Koopmans
Muharrir(lar) Damian Corboy
Daniel Kerr
Distribyutor Prime Time Productions
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 91 daqiqa
Mamlakatlar Avstraliya
AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $3.5 million[1]
Daromadi $65.6 million[2]

The Secret – Avstraliyada ishlangan hujjatli film. 2006-yilda Prime Time Productions tomonidan taqdim etilgan, keyinchalik avstraliyalik Rhonda Byrnening xuddi shu nomdagi kitobi ham nashrdan chiqqan. Filmda „Yangicha fikrlash“ falsafasining baʼzi gʻoyalari, xususan, insonning "tortishish qonuni" tufayli oʻz fikrlari kuchi bilan atrofdagi voqelikka taʼsir qilish qobiliyati, oʻz-oʻzini davolash qobiliyati, qoʻrquv va istaklarning moddiylashuvi umumlashtiriladi.

Film oʻqituvchilik, ilohiyot, falsafa, moliya, fen-shui, tibbiyot va shaxsiy rivojlanish sohasidagi turli shaxslarning intervyularidan iborat. Film davomida bu odamlar filmning asosiy falsafiy tamoyillarini bayon qilishadi, oʻzlari haqida hikoya qilishadi, „The Secret“ni bilish ularning hayotini qanday qilib butunlay oʻzgartirgani haqida shaxsiy hayotlaridan misollar keltirishadi. Film koʻplab iqtiboslarni oʻz ichiga oladi, shuningdek, kvant mexanikasining koʻp olamli talqini va antrop tamoyil kabi ilmiy gʻoyalarga asoslanadi.

Shaxsiy rivojlanish haqidagi film sifatida tasvirlangan „The Secret“ „tortishish qonuni“ deb nomlangan tushunchani taqdim etish uchun hujjatli film formatidan foydalanadi[3][4]. Unda tasvirlanganidek, „Tortishish qonuni“ gipotezasida fikrlar kosmosning ishlaridan tortib to odamlarning jismoniy, hissiy va kasbiy munosabatlarigacha bo‘lgan hodisalar, hissiyotlar va tajribalarni o‘ziga jalb qilishi mumkinligini ilgari suriladi. Film, shuningdek, hukumatdagilar tomonidan ushbu markaziy tamoyilni jamoatchilikdan yashirish uchun kuchli tendentsiya mavjudligini koʻrsatadi.

„Yangicha fikrlash“ gʻoyalari asoslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"The Secret" mualliflari XVIII asr oxirida boshlangan "Yangicha fikrlash" harakatini oʻz gʻoyalarining tarixiy asoslari sifatida taʼkidlaydilar[5].

Rhonda Byrne film uchun ilhom manbai sifatida Wallace Wattlesning "The Science of Getting Rich" kitobi, koʻplab boshqa „Yangicha fikrlash“ harakatining kitoblari, jumladan, 1906-yilgi "New Thought" jurnali muharriri William Walker Atkinsonning "Thought Vibration or the law of attraction in the Thought World" kitoblarinini keltirib o'tadi[6][7].

Aspen Times gazetasi muxbiri Carolyn Sackariason Bernning The Secretni dunyoga boʻlishish niyati haqida fikr bildirganida, Rosicrucianlarni The Secretning saqlovchilari sifatida aniqlaydi[8].

„The Secret“ Avstraliyaning Melburn shahridagi Prime Time Productions kompaniyasi tomonidan ijrochi prodyuser Rhonda Byrne, prodyuser Paul Harrington va rejissyor Drew Heriot bilan hamkorlikda suratga olingan. Melburn chekkasida joylashgan Collingwooddagi Gozer Media vizual uslublar uchun maʼsul dizayner boʻlgan[9][10][11]. Byrnening Vengriyadagi TS Production LLC kompaniyasi film va kitobni sotish va tarqatish vazifasini bajargan. U film suratga olishning boshlanishidan avvalgi voqealar haqida quyidagicha taʼrif beradi:

Shunday qilib, men o‘tirdim va o‘qiganlarimning katta ro‘yxatini tuzdim... va ro‘yxatni tugatgach, men uni film prodyuserlari jamoasiga koʻrsatdim. Aytishlaricha, bu mumkin emas, chunki men odamlar bir yoki ikki yilda o'qiydigan kitoblarini ikki haftada tugatgan edim[12].

Byrnening „The Secret“ asarini yaratishda1910-yilda Wallace D. Wattles tomonidan yozilgan „The Science of Getting Rich“ kitobidan ilhomlangan. Film Avstraliyaning 9Network studiyasining loyihasi asosida suratga olingan. 3 million dollarlik loyihaning 25% dan kamrogʻini Byrne uyini garovga qoʻyish va Chikagodagi sobiq Internet menejeri Bob Rainone tomonidan kiritilgan sarmoya evaziga qoʻshimcha moliyalashtirdi[13]. Rhonda Byrne „The Secret LLC“ kompaniyasini bosh direktori boʻldi va uni „osmondan bizga berilgan tuhfa“ deb taʼriflaydi[14].

Film muqovasining tanlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film XIX asr oxiridagi "Yangicha fikrlash" gʻoyalaridan kelib chiqqan „Tortishish qonuni“ning yangicha ko'rinishi sifatida tasvirlangan[15]. Filmni ishlab chiqarish jarayonida harakatning asosiy ustuvorliklaridan biri sifatida "boylikni oshirish" ko'rsatilgan. "The Secret"ning homiylaridan biri shunday deydi: „Biz ommani o'zimizga jalb qilishni xohladik va bu orqali pul ularning ongida birinchi raqamli narsaga aylandi“.[16].

Film muqovasidagi „secret“ so'zini tanlash filmning mashhurligining muhim tarkibiy qismi deb atalgan. „Borders Books“ nashrining metafizikaga ixtisoslashgan yo'nalishining rahbari Donavin Bennes: „Biz hammamiz uni "Secret" deya muqovalanishini xohladik, ammo yakunda "The Secret" ko'rinishida gavdalantirildi, bu shunchali ajoyib edi“.

Qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda AQShda mahalliy DVD sotuvi 56 million dollarni tashkil etdi va oxir-oqibat daromad 65 million dollardan oshdi[17].

Tanqidiy qabul

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir qancha tanqidchilar „Secret“ni shaxsiy rivojlanish bilan bevosita bogʻlashgan. „Ottawa Citizen“ gazetasi muhbiri Julie Masonning taʼkidlashicha, film haqidagi mish-mishlar Pilates darslari, „tez boyib ketish haqidagi veb-saytlar“ va shaxsiy motivatsion bloglar orqali tezda mashhurlikka erishgan[18]. „Christian Science Monitor“ nashri xodimi Jane Lampman filmni „tortishish qonuni“ni targʻib qiluvchi oʻqituvchilar va seminarlarni targʻib qiluvchi brend sifatida taʼrifladi. New York Post gazetasida ishlovchi Jill Culoraning soʻzlariga koʻra, „The Secret“ muxlislari turli bloglar va veb-forumlarda salbiy fikrlashdadan ijobiy fikrlashga oʻtishlari ularning hayotini qanday yaxshilagani haqida koʻp bor taʼkidlashadi[19].

2007-yilda xabar qilinishicha „The Secret“ turli ijtimoiy tarmoqlarda eng koʻp muhokamaga sabab boʻlgan mavzulardan biriga aylanadi.

Amerikalik teleboshlovchi Oprah Winfrey film va kitobning tarafdori boʻlgan. Larry King shousida u „The Secret“ning xulosasi soʻnggi 21 yil davomida oʻzining turli koʻrsatuvlari orqali dunyoga tanitishni maqsad qilganini ham taʼkidlagan[20]. Keyinchalik yozuvchi Rhonda Byrneni ham oʻz shoularidan biriga taklif qiladi[21].

„Skeptical Inquirer“ jurnalining 2007-yil martdagi soniga koʻra, filmning asosiy gʻoyasida ilmiy tushunchalarga murojaat qilinganiga qaramasdan u „ilmiy haqiqatda asosga ega emas“ edi[22].

Xodimlarni oʻqitish va maʼnaviyatini oshirish maqsadidagi koʻplab bizneslar muallif Barbara Ehrenreich buni „ayyorlik“ va „insonni toʻgri yoʻldan chalgʻituvchi omil“ deb atagan[23].

UFC sobiq chempioni Conor McGregorning taʼkidlashicha, „The Secret“ uning shon-shuhratga erishishida muhim rol oʻynagan. Sportchining aytishicha, uning DVD versiyasini tomosha qilgandan keyin: „Bu bemaʼnilik dedim, lekin keyin men uchun nimadir jarangladi“ – deya takidlagan. U va oʻzining moliyaviy ishlarini boshqaradigan sevgilisi Dee Devlin bilan hattotki kichik detallarga, masalan, mahalliy savdo markazi eshiklariga, eng yaqin avtoturargohga eʼtibor qarata boshladilar. U shunday dedi: „Biz mashina bilan doʻkonga borardik va avtoturargohdagi aniq joyni joyini tasavvur qilardik. Va shunda biz har safar uni qoʻlga kiritishimiz mumkin boʻlardi“. Keyin ular boylik, shon-shuhrat va chempionatlardagi gʻalabalarni tasavvur qila boshlaydilar[24].

Ushbu kontseptsiyaga „Parks and Recreation“, „The Chaser’s War on Everything“, „Itʼs Always Sunny in Filadelfia“, „The Simpsons“, „Boston Legal“ va „Saturday Night Live“ filmlarida turli taqlidlarni uchratish mumkin[25][26][27].

Film prodyuseri Paul Harringtonning taʼkidlashicha, televideniye – Internet oʻrniga dastlab birinchi chiqish uchun vosita sifatida rejalashtirilgan edi:

„The Secret“ premyerasi 2006-yil 23-martda Vividas texnologiyasi yordamida Internet orqali efirga uzatilgan. Filmni hozirda ham turli platformalar (yoki filmning rasmiy veb-saytida) tomosha qilish mumkin. „The Secret“ning yangi kengaytirilgan nashri 2006-yil 1-oktabrda ommaga chiqarilgan. Avstraliya televideniyesidagi premyerasi 2007-yil 3-fevral, shanba kuni Nine Network telekanalida boʻlib oʻtgan.

Kelgusi nashrlar va spin-offlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda „The Secret“ filmining davomi va spin-off teleserialini yaratish rejalari eʼlon qilindi[28]. Kate Holmes va Josh Lucas ishtirokidagi „The Secret: Dare to Dream“ dramatik filmi 2020-yil 31-iyulda chiqardi[29] .

  1. „budget“. The numbers. Qaraldi: 2013-yil 29-iyul.
  2. „Gross“. The numbers. Qaraldi: 2013-yil 29-iyul.
  3. Klein, Karin. Self-help gone nutty (2007-yil 13-fevral). 2007-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 13-yanvar.
  4. Adler, Jerry. Decoding The Secret. Newsweek (2007-yil 5-mart). Qaraldi: 2008-yil 8-may.
  5. della Cava, Marco R.. Secret history of 'The Secret' . USA Today (2006-yil 29-mart). Qaraldi: 2007-yil 4-may.
  6. Atkinson, William Walker. Thought Vibration or the Law of Attraction in the Thought World. Cornerstone, 1906. ISBN 978-1564596604.  (Out of copyright, published on the Internet (Wayback Machine saytida 5 June 2007 sanasida arxivlangan))
  7. Salkin, Allen. „Shaking Riches Out of the Cosmos“ (2007-yil 25-fevral). Qaraldi: 2007-yil 12-may.
  8. Sackariason, Carolyn. The big 'Secret' is finally out (2007-yil 6-fevral). Qaraldi: 2007-yil 4-iyun.
  9. „The Secret Press Release. TS Production LLC. 2007-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 21-may.
  10. „Gozer Media visual effects & graphic design“. — „Gozer worked closely with the producers ... to develop the visual style of the show. We supplied all visual effects and other graphical components for the show and its subsidiaries.“. Qaraldi: 2007-yil 5-may. — navigate web: motion > The Secret
  11. Byrne, Rhonda „Acknowledgments“, . The Secret. Hillsboro, OR: Beyond Words, 2006 — xiv-bet. ISBN 978-1582701707. „Goze Media, for the creation of the superb graphics and for impregnating them with the feeling of The Secret. 
  12. Two part interview of Rhonda Byrne made before the release of the film: Storr, Julie Ann. The Secret will be revealed in 2006 – part 1 interview. Nibbana. 2007-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 22-may. and Storr, Julie Ann. The Secret has been Revealed – part 2 interview. Nibbana. 2007-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 22-may.
  13. Le Plastrier Aboukhater, Jacinta. Not a secret for long (2007-yil 1-fevral). Qaraldi: 2007-yil 12-may.
  14. Byrne, Rhonda „Acknowledgments“, . The Secret. Hillsboro, OR: Beyond Words, 2006 — xiv-bet. ISBN 978-1582701707. 
  15. Flaim, Denise. It's mind over what matters. TMCnet.com (2007-yil 12-mart). Qaraldi: 2007-yil 1-may.
  16. Birkenhead, Peter. Oprah's ugly secret. Salon.com (2007-yil 5-mart). Qaraldi: 2007-yil 1-may.
  17. „The Secret (2006) – Financial Information“. The Numbers. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
  18. Mason, Julie. „The secrets of the secret“ (2007-yil 4-fevral). 2007-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-may.
  19. Culora, Jill. A 'secret' Oprah Craze Hits New Yorkers (2007-yil 4-mart). 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-may.
  20. „YouTube“. www.youtube.com. 2013-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
  21. „Discovering The Secret“. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
  22. „Secrets and Lies“. csicop.org (2007-yil 29-mart). Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
  23. Ehrenreich, Barbara. „The Secret of Mass Delusion“. The Huffington Post (2007-yil 27-fevral). Qaraldi: 2009-yil 29-oktyabr.
  24. Harvey, Oliver; Sun, The „Conor McGregor: 'The Secret' changed my life“ (2017-yil 26-iyul). Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
  25. „Nut Job of the Week“. The Chaser's War on Everything. Sydney, Australia. 16 May 2007. Australian Broadcasting Corporation.Official site
  26. „The Secret Connections“. Imdb.
  27. Beverley, James A.. Nelson's Illustrated Guide to Religions. Thomas Nelson, 2009. ISBN 978-1418577469. 
  28. Pursell, Chris. Telepictures Shoots Secret Pilot. TV Week (2007-yil 26-mart). 2007-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 13-iyul.
  29. Hipes, Patrick. „'The Secret: Dare To Dream' Trailer: Katie Holmes & Josh Lucas Brave The Storm“. Deadline (2020-yil 14-fevral). Qaraldi: 2020-yil 17-fevral.