Kontent qismiga oʻtish

Thinking, Fast and Slow

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Thinking, Fast and Slow

Qattiq muqovali nashri
Muallif(lar) Daniel Kahneman
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Janr(lar)i psixologiya
Nashr etilgan sanasi 2011
Nashriyot Farrar, Straus and Giroux
Sahifalar soni 499
ISBN ISBN 978-0374275631

„Thinking, Fast and Slow“ („Sekin oʻyla, tez qaror qil“) — bu Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kahneman qalamiga mansub 2011-yilda yozilgan kitob boʻlib, bu kitob chop etilib chiqqanidanoq, eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatidan oʻrin oldi.[1] Shuningdek, ushbu kitob 2012-yilda muhandislik hamda tibbiyot sohasidagi mavzularini jamoatchilik anglashiga koʻmaklashuvchi eng yaxshi ijodiy ish oʻlaroq „National Academies Communication“ mukofotiga loyiq topilgan.[2]

Kitobda Kahneman, koʻpincha Amos Tverskiy bilan hamkorlikda oʻnlab yillar davomida olib borgan tadqiqotlari sarhisob qilingan.[3][4] Bu uning faoliyatining barcha uch bosqichini oʻz ichiga oladi: uning bilimga moyillik toʻgʻrisidagi dastlabki olib borgan ishlari, istiqbollar nazariyasi hamda keyinchalik baxt haqidagi ishlari.

Shuningdek, bu kitobda Kahnemanning Isroil mudofaa kuchlari va uning tadqiqotchi sifatida taʼlim olishiga hissa qoʻshgan turli boʻlimlar hamda hamkasblari bilan olib borgan ishlaridan koʻplab tushunchalar ham keltirilgan sanaladi.

  • 2011 — „Los Angeles Times“ kitob mukofoti[5]
  • 2012 — „National Academy of Sciences“ning eng yaxshi kitob mukofoti[2]
  • 2011 — The New York Times Book Review (eng yaxshi kitob sifatida)[6]
  • 2011 — Globe and Mail Best Books (yilning eng yaxshi kitobi sifatida)[7]
  • 2011 — The Economist'ning „Yilning eng yaxshi kitobi“ nominatsiyasi[8]
  • 2011 — The Wall Street Journal' jurnalining yilning eng yaxshi nofantastik kitobi[9]
  1. „The New York Times Best Seller List – 25-dekabr 2011-yil“. www.hawes.com. Qaraldi: 17-avgust 2014-yil.
  2. 2,0 2,1 „Daniel Kahneman's Thinking, Fast and Slow Wins Best Book Award From Academies; Milwaukee Journal Sentinel, Slate Magazine, and WGBH/NOVA Also Take Top Prizes in Awards' 10th Year“ (en). Qaraldi: 10-mart 2018-yil.
  3. Holt, Jim. „Two Brains Running“. The New York Times (27-noyabr 2011-yil), s. 16.
  4. Daniel Kahneman. Thinking, Fast and Slow. Macmillan, 25-oktabr 2011-yil. ISBN 978-1-4299-6935-2. Qaraldi: 8-aprel 2012-yil. 
  5. „2011 Los Angeles Times Book Prize Winners & Finalists“. Los Angeles Times. 16-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.(Wayback Machine saytida 2016-04-16 sanasida arxivlangan)
  6. „10 Best Books of 2011“ (en-US). The New York Times (30-noyabr 2011-yil). Qaraldi: 10-mart 2018-yil.
  7. Stein, Janice Gross. „The Globe 100: The very best books of 2011“. Qaraldi: 10-mart 2018-yil.
  8. The Economist – Books of the Year 2011. 
  9. „The Best Nonfiction of 2011“ (17-dekabr 2011-yil).