Thomas Heurtaux
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Thomas Marc Patrice Heurtaux | ||
Tavallud sanasi | 3-iyul 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Lisieux, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007-2009 | Caen B | 2 | (0) |
2008-2009 | → Cherbourg (ijara) | 25 | (1) |
2009-2012 | Caen | 97 | (5) |
2012-2018 | Udinese | 102 | (4) |
2017-2018 | → Hellas Verona (ijara) | 17 | (0) |
2018-2019 | Ankaragücü | 4 | (0) |
2019-2020 | Salernitana | 6 | (0) |
2021 | Pohronie | 16 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 26-may uchun) |
Thomas Heurtaux (talaffuzi: Tomas Erto) 1988-yil 3-iyulda Fransiyaning Lizi shahrida tugʻilgan. Fransuz futbolchisi „Anqaragʻuju“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Thomas Heurtaux „Caen“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008-yilda u klub bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi va darhol „Cherbourg“da oʻynash uchun ijaraga berildi. Thomas Heurtaux Liga 3da bir mavsum oʻynadi, shundan soʻng u „Caen“ga qaytdi. 2009-yilning 10-avgustida u Liga 2dagi debyutini „Nant“ga qarshi o‘tkazdi[1]. Thomas Heurtaux mavsum yakunida klubga elitaga chiqishga yordam berdi. 2010-yilning yozida u jamoa bilan shartnomasini 2013-yilgacha uzaytirdi. 7-avgust kuni u Liga 1da „ Olympic de Marcel“ga qarshi debyut qildi[2]. 2011-yilning 28-avgustida „Renn“ga qarshi o‘yinda Thomas Heurtaux „Caen“ safida ilk golini urdi[3].
2012-yilning yozida Thomas Heurtaux Italiyaning „Udinese“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 2,1 million yevroni tashkil qildi. Shartnoma 6 yilga imzolangan. 25-avgust kuni „Fiorentina“ ga qarshi oʻyinda u A Seriyada debyut qildi[4]. 1-sentabr kuni „Parma“ga qarshi kechgan bahsda Thomas Heurtaux yangi klubi safidagi ilk golini urdi [5] .
2017-yilning yozida Thomas Heurtaux „Hellas Verona“ga ijaraga oʻtdi. „Napoli“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. Ijara muddati tugagandan soʻng, Tom Turkiyaning „Ankaragucu“ ga koʻchib oʻtdi.
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilda Thomas Heurtaux Fransiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Tulon turnirida ishtirok etdi.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Liga | Jami | ||
---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |
Fransiya Cherbourg | 25 | 1 | 26 | 1 |
Fransiya Caen | 30 | 0 | 31 | 0 |
31 | 0 | 34 | 0 | |
36 | 5 | 37 | 5 | |
Jami | 97 | 5 | 102 | 5 |
Italiya Udinese | 17 | 0 | 20 | 0 |
32 | 4 | 39 | 4 | |
26 | 1 | 28 | 1 | |
15 | 0 | 16 | 0 | |
12 | 0 | 13 | 0 | |
Jami | 102 | 5 | 116 | 5 |
Italiya Verona | 17 | 0 | 19 | 0 |
Turkiya Ankaragücü | 0 | 0 | 0 | 0 |
Italiya Salernitana | 6 | 0 | 6 | 0 |
Slovakiya Pohronie | 16 | 0 | 16 | 0 |
Jami | 263 | 11 | 285 | 11 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Кан VS. Нант 1:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 10-avgust). 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.
- ↑ „Марсель VS. Кан 1:2“ (en). soccerway.com (2010-yil 7-avgust). 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.
- ↑ „Ренн VS. Кан 3:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 23-avgust). 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.
- ↑ „Фиорентина VS. Удинезе 2:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 25-avgust). 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.
- ↑ „Удинезе VS. Парма 3:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 1-sentyabr). 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.