Thomas Klestil
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Klestil Tomas (1932.4.11, Vena) — Avstriya federal prezidenti. Vena iqtisodiyot va ishbilarmon maʼmurlar universitetini tugatgan (1956). Avstriya federal kansleri byurosida iqtisodiyot va tijorat departamenti (1957—59), Parijdagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot boʻyicha tashkilot huzurida Avstriya missiyasi (1959—62), Avstriyaning AQShdagi elchixonasi (1962— 66) xodimi, Avstriya federal kanslerining iqtisodiy siyosat va tashqi savdo boʻyicha byurosi direktori assistenti (1966—69), Los-Anjeles shahrida Avstriyaning Bosh konsuli (1969—74). Avstriya tashqi ishlar vazirligida BMT departamenti rahbari (1974—78). 1978—82 yillarda Avstriyaning BMTdagi, 1982—87 yillarda AQSH va Amerika davlatlari tashkilotidagi elchisi. 1987—92 yillarda Avstriya federal tashqi ishlar vazirligining bosh kotibi, 1992-yil maydan Avstriya Respublikasi federal prezidenti.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |