Tibbiy atamalar izohli lugʻati
Muallif(lar) |
А. Usmanxodjayev Oʻ. Abilov M. Turaxanova |
---|---|
Muharrir(lar) | N. Mahmudov |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Nashr etilgan sanasi | 2022-yil |
Nashriyot | Donishmand ziyosi |
Sahifalar soni | 398 bet |
ISBN | 978-9943-6867-2-4 |
Avvalgisi | Tibbiy terminlar ensiklopedik lug‘ati (2009) |
„Tibbiy atamalar izohli lugʻati“ — 2022-yil A. Q. Shadmanov tahriri ostida „Kamalak-PRESS“ MChJ nashriyotida nashrga tayyorlangan va matbaa bo‘limida chop etilgan tibbiyotga aloqador atamalarga bagʻishlangan lugʻat kitob.
Tibbiy atamalar lug‘ati hozirgi zamon tibbiyotida qo‘llaniladigan 10 000 atrofidagi klinik terminlar va tibbiy tushunchalarni o‘z ichiga qamrab olgan. U umumiy amaliyot vrachlari, farmatsevtlar, tarjimonlar, tibbiyot muassasalari xodimlari hamda tibbiyot institutlari va kollej o‘qituvchilari hamda talabalari uchun terminlar mohiyatini kirill va lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi orqali o‘zlashtirishda maxsus lugʻat qoʻllanma vazifasini oʻtaydi.
Lug‘atda asosiy klinik terminlar va tibbiy tushunchalar bilan bir qatorda anatomiya, fiziologiya, Jarrohlik, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, stomatologiya, biokimyo, farmakologiya, psixiatriya, epidemiologiya, hamshiralik ishi hamda sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa jabhalarda keng qo‘llaniladigan yangi atamalar o‘rin olgan[1].
Taqdim etilayotgan lug‘atning anatomiyaga oid terminlari 2009-yilda nashr qilingan „Tibbiy terminlar ensiklopedik lug‘ati“ga asoslangan holda tayyorlangan[2][3].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kitobni yuklab olish uchun havola (Wayback Machine saytida 2023-04-26 sanasida arxivlangan).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tibbiy Atamalar Izohli Lug'ati“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
- ↑ „Tibbiy terminlar ensiklopedik lug‘ati / Ensiklopedicheskiy slovar medisinskix terminov. Tom 2. N-Ya (Tom 1 + Tom 2)“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
- ↑ „TIBBIY ATAMALAR LUG‘ATI“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.