Tillar tasnifi
Tillar tasnifi — tillarning muayyan belgilar asosida hamda tadqiqotning umumiy maqsadidan kelib chiqadigan qarashlarga moye keluvchi maʼlum tasnifiy boʻlimlar boʻyicha guruhlarga ajratilishi. Tillar tasnifi muammosi ularni qiyosiy oʻrganish vaqtida paydo boʻladi va baʼzan qiyosiy oʻrganishning pirovard maqsadi deb tasavvur etiladi. Tillar tasnifining 2 asosiy turi mavjud: tillarning genealogik tasnifi va tillarning tipologik tasnifi.
Tillarning genealogik tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tasniflarning genealogik tasnifi tillarning qarindoshligi tushunchasiga asoslanadi; u qiyosiytarixiy tilshunoslik paydo boʻlgandan keyingina roʻyobga chiqqan. Bunda qarindosh tillar qarindoshlik darajalariga qarab oilalarga (masalan, hindevropa, finugor, turkiy, somhom va boshqa tillar oilalari), bir oila doirasidagi yaqin qarindosh tillar esa guruh va guruhchalarga (masalan, hindevropa oilasining slavyan guruhidagi sharqiy slavyan tillari guruhchasi yoki turkiy tillar oilasining sharqiy va gʻarbiy guruhlari) biriktiriladi. Oiladan kattaroq tasnifiy birliklar (til oilalari toʻplami, makrooila va boshqalar)ni aniqlash, belgilashga urinishlar ham mavjud.
Lingvistik tipologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Morfologik tipologiya | |
---|---|
Soʻz tartibi |
Tillarning morfologik tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tillarning morfologik tasnifi esa tipologik va grammatik xususiyatlarga asoslanadi. U uzgarmas lugʻaviy birliklarga ega boʻlgan tillar hamda oʻzaro birikib, oʻzgarishlarga uchrovchi lugʻaviy birliklari bulgan tillarni kiyoslash asosida paydo boʻlgan. Nemis olimi A.V.Shlegel Tillar tasnifining ushbu prinsipini tillarni fammatik qurilishli tillar va grammatik qurilishsiz tillarga ajratgan holda rivojlantirdi. Tillarni amorf tillar, agglyutinativ tillar, flektiv tillar va polisintetik tillarga ajratish ham shu tasnifga asoslanadi. Mazkur turlarning birortasi ham sof holda uchramaydi: dunyodagi barcha tillarning xususiyatlari biridan ikxinchisiga utuvchan xarakterga ega. Nemis olimi G.Shteyntal, avstriyalik F. Misteli va amerikalik E. Sepirning 19-asrda morfologik (tipologik) tasnifni takomillashtirish yoʻlidagi urinishlari birmuncha sodda, umumiy tarzda boʻlgan.
Fonologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tilshunoslikning til tovush qurilishining strukturaviy (tuzilmaviy) va funksional (vazifaviy) qonuniyatlarini, tilning eng mayda, maʼno bildirmaydigan birliklari — boʻgʻinlar, fonemalarning tuzilishi va amalda qoʻllanishini oʻrganuvchi boʻlimi.
Soʻz tartibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lingvistik geografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tillar tasnifining uchinchi xili — areal yoki geografik tasnif xam mavjud. Bu tasnif mazkur ikki tasnifga nisbatan qoʻshimcha, yordamchi mavqeda boʻlib, tillarning yoki bir til doirasidagi lahja va shevalarning geografik joylashuvidan kelib chiqadi. Umuman, Tillar tasnifi dunyodagi koʻplab xilmaxil tillarni yaxshiroq oʻrganish, tadqiq etishda katta yordam beradi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Teoreticheskiye osnovi klassifikatsii yazikov mira, ch. 1—2, M., 1980—82; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M, 1998.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |