Tillitlar
Tillitlar (ing. tillite, till — valun gili) — muzlik yotqiziklari, morenalar. Zichlashgan, saralanmagan hosilalar boʻlib, dagʻal chaqiq jinslardan tarkib topgan, baʼzan metamorfizmga uchragan. T. tarkibida valunlar boʻlgan mayda donador massadan iborat. Dengiz choʻkindilari va muzning tarqalishi natijasida hosil boʻladigan dengiz T. (akvatillitlar) va pastki katlamdagi tub jinslarning harakatdagi muzlarida ularning tarkibida aks etadigan kontinental T. farq qilinadi. T. qad. muzlanishning qoldiklari boʻlib (qarang Paleoiqlimshunoslik), ular erta proterozoydan va deyarli hamma kontinentlarda kechki proterozoy qatlamlarigacha maʼlum. T.ning gorizontlari Sharqiy Yevropa platformasining yuqori rifey qatlamlari, Afrika, Avstraliya, Xitoy, Oʻrta Ural va Tyanshanning kechki proterozoy qatlamlarida uchraydi. T.ning qalinligi oʻnlab va yuzlab m ga yetadi. T. dan stratigrafiya, paleogeografiya muammolarini yechishda hamda choʻkindi foydali qazilmalari (temir rudasi) konlarini bashoratlashda foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |