Kontent qismiga oʻtish

Timur Sulaymenov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Timur Suleymenov
Тимур Мұратұлы Сүлейменов
Qozogʻiston Milliy banki raisi
Mansab davri
2023-yil 4-sentyabr
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Galimjan Pirmatov
Milliy iqtisodiyot vaziri
Mansab davri
2016-yil 28-dekabr – 2019-yil 25-fevral
Prezident Nursulton Nazarboyev
Bosh vazir Bakitjan Sagintayev
Asqar Mamin (Amaldagi)
Oʻtmishdoshi Quandiq Bishimbaev
Vorisi Ruslan Dalenov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-aprel 1978-yil (1978-04-05) (46 yosh)
Qozoq SSR
Millati qozoq
Turmush oʻrtogʻi Danara Suleymenova
Bolalari 4
Alma mater Pavlodar davlat universiteti (Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston)
Merilend universiteti Robert H.Smit biznes maktabi (AQSH bayrogʻi AQSh)

Timur Muratuli Suleymenov (qozoqcha: Тимур Мұратұлы Сүлейменов, Timur Muratuli Suleymenov; 1978-yil 5-aprel) – qozogʻistonlik siyosatchi, 2016-yil 28-dekabrdan 2019-yil 25-fevralgacha Milliy iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlagan. 2023-yil 4-sentyabrdan Qozogʻiston Milliy banki raisi[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayoti va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston SSRda tugʻilgan, 2000-yilda Suleymenov Pavlodar davlat universitetini menejment mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Shundan soʻng Qozogʻiston hukumatining „Bolashaq“ stipendiyasi orqali Merilend universitetining Robert H.Smit nomidagi Biznes maktabida oʻqishga kirib, 2002-yilda u yerda iqtisod boʻyicha ilmiy darajaga, magistrlik darajasiga ega boʻldi[2].

Suleymenov professional faoliyatini Ernst & Young Qozogʻiston kompaniyasida boshlagan. Shundan soʻng „QazMunayGaz“ Razvedka qazib olish“ kompaniyasida Soliq hisobi va soliqni rejalashtirish departamenti direktori lavozimida ishlagan[2].

2009-yil mart oyida Iqtisodiyot va budjetni rejalashtirish vaziri oʻrinbosari, 2010-yilda esa Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. 2012-yil 1-fevraldan Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati aʼzosi, Iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri sifatida ishlagan[2].

2016-yil 28-dekabrda Qozogʻiston Prezidentining farmoni bilan Suleymenov Milliy iqtisodiyot vaziri etib tayinlandi[3] [4]. 2019-yil 25-fevralda lavozimidan ozod etilganidan soʻng, 2019-yilning 2-martida Qozogʻiston Milliy banki raisining oʻrinbosari boʻldi[5] [6].

2019-yil 22-mart kuni Suleymenov Qozogʻiston prezidentining yordamchisi etib tayinlandi[7] [8]. 2019-yil 22-iyulda Qozogʻiston Prezidenti maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari boʻlgunga qadar u yerda ishlagan[9] [10]. 2020-yil 6-fevraldan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni tahlil qilish va monitoring qilish markaziga rahbarlik qilgan[11] [12].

2023-yil 4-sentyabrda Qozogʻiston Respublikasi Milliy banki raisi etib tayinlandi[13] [14].

Mamlakat Sana Mukofot
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 2018 „Ostonaning 20 yilligi“ yubiley medali
YOII 2019 „Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ medali[15]

Otasi — Suleymenov Murat Kusnullovich (1954-yilda tugʻilgan) onkolog, „Pavlodar viloyat onkologiya dispanseri“ direktori[16][17]

Onasi — Suleymenova Jupar Azikanovna (1954-yilda tugʻilgan).

Turmush oʻrtogʻi — Suleymenova (Kishkembayeva) Danara Muratovna (1985-yilda tugʻilgan). Oʻgʻillari — Jangir (2002-yilda tugʻilgan), Tair (2010-yilda tugʻilgan), Madiyar (2010-yilda tugʻilgan). Qizi — Mereyli (2005-yilda tugʻilgan).

Turmush oʻrtogʻining akasi — Kishkembayev Askar Bulatovich (1975-yilda tugʻilgan) — Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi kotibyati mudiri lavozimida ishlagan[18]

  1. „Сенаторы выбрали нового главу Нацбанка РК“ (ru). orda.kz (2023-yil 4-sentyabr).
  2. 2,0 2,1 2,2 „Сулейменов Тимур Муратович ▷ биография, фото, должность“ (ru). kapital.kz. Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  3. Seisembayeva. „Kazakh President Appoints New Foreign Minister, Minister of National Economy“ (en). The Astana Times (2016-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  4. „Timur Suleimenov new Minister of National Economy of Kazakhstan“. akipress.com (2016-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  5. Yergaliyeva. „New government members take oaths of office“ (en). The Astana Times (2019-yil 27-fevral). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  6. Forbes.kz. „Экс-министр нацэкономики Тимур Сулейменов получил новую должность“ (ru). www.forbes.kz (2019-yil 2-mart). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  7. Шамсутдинов. „Тимур Cулейменов назначен помощником Президента Казахстана“ (ru). informburo.kz (2019-yil 22-mart). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  8. tengrinews.kz. „Экс-министр Тимур Сулейменов стал помощником Президента“ (ru). Главные новости Казахстана - Tengrinews.kz (2019-yil 22-mart). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  9. Дубовая. „Тимур Сулейменов назначен заместителем руководителя Администрации президента“ (ru). informburo.kz (2019-yil 22-iyul). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  10. tengrinews.kz. „Тимур Сулейменов стал заместителем руководителя Администрации Президента“ (ru). Главные новости Казахстана - Tengrinews.kz (2019-yil 22-iyul). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  11. Forbes.kz. „Тимур Сулейменов получил новую должность“ (ru). www.forbes.kz (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  12. tengrinews.kz. „Тимур Сулейменов возглавил новый институт при Администрации Президента“ (ru). Главные новости Казахстана - Tengrinews.kz (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  13. „Тимур Сулейменов – новый глава Нацбанка“ (ru). forbes.kz (2023-yil 4-sentyabr).
  14. „Қозоғистон Марказий банки раҳбари ўзгарди“. Bankers.uz (2023-yil 5-sentyabr).
  15. Сулейменов Тимур Муратович
  16. „Аффилированные лица“ (русский). 2020-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
  17. „Страница директора“ (русский). 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
  18. „Руководитель секретариата Министра по экономике и финансовой политике ЕЭК Аскар Кишкембаев рассказал молодым дипломатам из стран СНГ и ЕАЭС о евразийской интеграции“ (русский). 2020-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.