Kontent qismiga oʻtish

Tioefirlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tioefirlar, dialkil yoki diaril sulfid, RSRGʻ —oddiy efirlarning sulfidli analoglari (R va R1 uglevodorod radikallari). Quyi alifatik T. efir hidli rangsiz suyuqliklar, suvda erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. Dimetilsulfid, dietilsulfid, dipropilsulfid, diizopropilsulfid, dibutilsulfid, difenilsulfid, etilensulfid, tetrametilensulfid (tiofan) va boshqa T. jumlasidandir. Ularning suyuqlanish, qaynash temperaturasi va zichligi turlicha. Simmetrik alifatik T. baʼzan sulfidli alkillar deb xam ataladi, ular anorganik sulfidlarni alkillab olinadi. Aralash T. merkantidlarni alkillab olinadi. T. motor yonilgʻilari, surkov moylari va lateksga antioksidant, stabilizator sifatida qoʻshiladi. Baʼzi T. dorivor moddalar, boʻyagichlar, detergentlar, erituvchilar sifatida ishlatiladi.