Kontent qismiga oʻtish

Tirik sayyoralar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tirik sayyoralar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1978

„Tirik sayyoralar“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 1978-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida 60 ming nuxsada chop etilgan. Vohidov toʻplamga kiritilgan sheʼrlarning ayrimlarini xorijiy mamlakatlarga qilgan sayohatlaridan ilhomlanib yozgan[1].

„Tirik sayyoralar“ toʻplami 1983-yil qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan[2]. Toʻplamga kiritilgan sheʼrlar „Sharqiy qirgʻoq“ (1980) toʻplamidan oʻrin olgan sheʼrlar bilan bir qatorda 2014-yil chop etilgan „Zamin sayyorasi“ sheʼriy toʻplamiga kiritilgan.

  1. „Erkin Vohidov“. Mustaqillik. Qaraldi: 1-may 2024-yil.
  2. „Tirik sayyoralar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.