Tish toshi
Tish toshi — tishlar sirtidagi sargʻish yoki kulrang (kashandalarda jigarrang, hatto qoramtir) qatlam. Milk ustida va milk ostida, tish buynida hosil boʻlib, tish koronkasi ildizini, ayniqsa, tish ovqat chaynashda ishtirok etmasa (tish kovak bulsa) hamda tish toʻgʻri parvarish qilinmasa, tishning butun yuzasini qoplab olishi mumkin. Tish toshi tusatdan paydo boʻlmaydi. Dastlab tishda oqimtir karashlar kuzga tashlanadi, ular kuchgan epiteliy, ovqat qoldiklari, bakteriya va shilliq moddalardan tashkil topadi, tishni tugri tozalab yuvganda yoki kattiqroq ovqat chaynaganda osonlik bilan koʻchib tushishi mumkin. Tish toshi tishning ichki yuzasini qoplab emal qismiga singib ketadi, uni koʻchirish ancha qiyin. Baʼzan bolalar va oʻsmirlar tishi boʻynida kukimtir qatlam (hoshiya) paydo boʻladi. U tish emaliga birikib ketganligi uchun kuchirib olish juda qiyin, bunga, asosan, tish emaliga mikroorganizmlar kirishi sabab buladi. Tishdagi yumshoq karashlar uz vaqtida davolanmasa, unga ohak tuzlari oʻtirib, Tish toshi ga aylanadi. Tish toshi astasekin milkni ezib qoʻyadi; bunda milk qonaydi, qichishadi, ogʻizdan qoʻlansa hid keladi, yiring ajralib, milk shilliq pardasining yalligʻlanishi (gingivit)ga, shuningdek, parodontozga sabab boʻlishi mumkin.
Tish toshi tish toʻqimalariga zararli taʼsir etmaydi. Uni faqat vrach olib tashlaydi (maxsus asbob yoki ultratovush apparati yordamida).
Tish toshi paydo boʻlishining oldini olish uchun ovqatni normal chaynash (hamma tishlar bilan), suvi qochgan non, suxari, sabzi, olma yeb turish, kasal tishlarni davolatish; yoʻq tishlar oʻrnini tuldirish (yasama tishlar bilan), yalliglangan milkni davolatish lozim. Ovqatdan soʻng ogʻizni chayqash, vaqtvaqti bilan stomatolog vrach koʻrigidan oʻtib turish lozim.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |